Konstitutsiya – inson huquqlari va erkinliklari kafolati
2018-yil 5 dekabr kuni Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” professor o‘qituvchilari tomonidan institutning kichik faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya - inson huquqlari va erkinliklari kafolati” mavzusida talabalar ilmiy-nazariy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori E.X.Isakov Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O‘.J.Xudayarov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri A.T.Quldoshev O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi a’zolari va professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy qismida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya - inson huquqlari va erkinliklari kafolati” mavzusidagi talabalar ilmiy-nazariy konferensiyasi ishtirokchi talabalari o‘zlarining ma’ruza va chiqishlari bilan tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat taqdim etishdi. Keyinchalik konferensiyaning ish tartibi sho‘balarga bo‘linib davom etdi.
Tadbir so‘nggida, Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan tabirda faol ishtirok etgan talabalarga minnatdorlik bildirilib, faxriy yorliqlar topshirildi.