BIZ SOG’LOM TURMUSH TARAFDORIMIZ!
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligini ta’minlashning muhim sharti bo‘lgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari yosh avlod kamolotini ta’minlash, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, giyohvandlik kabi illatlarning oldini olish kabi dolzarb masalalarga katta ahamiyat berilmoqda. Shu munosabat bilan kuni kecha Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi hamda arxitektura fakultetining “Tasviriy san’at kafedrasi” hamkorligida 1- dekabr Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz!” mavzusida plakatlar kompozitsiyasi ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovni institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori O.B.Haitov kirish so’zi bilan ochib berdi. Tanlovda talabalar 5 nominatsiya bo’yicha bellashishdi. Tadbir doirasida talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan giyohvandlik, jinoyatchilik, OITS kabi ofatlarning ayanchli oqibatlari aks etgan rasmlar kompozitsiyasi va plakatlar namoyish etildi. Tanlov songgida “Eng yaxshi grafika”, “Eng yaxshi rang uyg’unligi”, “Eng yaxshi kompozitsion yechim”, “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi innovatsion g’oya” kabi nominatsiyalar bo’yicha g‘olib chiqqan talabalar munosib taqdirlandi.