Jahon chempioni

“Jahon chempioni” – bu so‘z tom ma’noda xar bir millatning dunyo miqyosida dovrug‘ini ko‘taradigan, Mamlakatning jaxondagi o‘rni va obro‘si demakdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “Biz xalqaro sport maydonlarida O‘zbekistonning nufuzi va obro‘-e’tiborini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz” – deb ta’kidlagani bejizga emas albatta.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Qurilish fakulteti”, “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” ta’limi yo‘nalishi 4-bosqich 401-guruhi talabasi Toshniyozov Muxammadxon sportning Karate turi bo‘yicha 8-10 noyabr kunilari  Qozog‘iston Respublikasining Akto‘be shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli jahon chempionatida ishtirok etdi. Muxammadxon Vatanimiz bayrog‘ini yuqori cho‘qqilarga qo‘tarib, o‘z vazni toifasida jahonda ikkinchi o‘rinni egalladi.Toshniyozov Muxammadxon  institutimiz, qolaversa O‘zbekistonning faxri ekanligidan g‘ururlanamiz. Kelgusida bundanda yoqori natijalarga  erishib, kelajakda Olimpiada chempioni bo‘lishiga biz yoshlar albatta ishonamiz.