TALABA YOSHLARGA QULAYLIK

Samarqand viloyat hokimligining 26.09.2018 kungi 07-07/268-sonli chora-tadbirlar rejasiga asosan, joriy yilning 29-sentabr kuni viloyat hokimi E.O.Turdimov ishtirokida Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida 195 nafar yosh arxitektor, dasturchi, dizayner, rassom, fermer, tadbirkor, hunarmand, sportchi hamda turizm yo‘nalishida ta’lim olayotgan va ish bilan band bo‘lmagan yoshlar bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazilgan edi.
Uchrashuvda Samarqand shahrida istiqomat qilayotgan fuqarolar F.Ahmedova tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Sardorlari uchun jamoat avtotransportlaridan bepul foydalanishlari uchun maxsus ruhsatnomalar berish taklifi hamda F.Davronov tomonidan esa talabalarning jamoat transportlarida foydalanishlari uchun maxsus kartalar xarid qilganligi biroq, shahar avtobuslarining deyarli birortasida validatorlar mavjud emasligi, shu sababli ushbu masala yechimida amaliy yordam berish yuzasidan murojaat qilishgan.
Ushbu uchrashuvda bildirilgan taklif va muammolarni o‘rganib chiqish hamda bartaraf etish bo‘yicha 2018-yil 30-sentabrdagi 07-01/99-sonli bayonida yuqoridagi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar tegishli tashkilotlar bilan birga ishlab chiqildi va 20.11.2018 kuni 07-01-148 Viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilish qaroriga ko‘ra joriy yilning 27.11.2018 kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi xodimlari, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar masalalari bilan ishlash prorektori O.B.Haitov hamda O’zavtotrans agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi AKT bo’limi boshlig’i E. Mavlonov, “CLIK” MCHJ Samarqand viloyat  boshqarma boshlig’i E. Rahmatov  va  Samarqand davlat  arxitektura-qurulish instituti yoshlari bilan birgalikda “Avtotransportlarda yo‘lovchilarga samarali xizmat ko‘rsatish va qulayliklar yaratish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda yoshlarga TEZ KARD haqida tushuncha va bugungi kunda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari haqida quyidagi tushunchalar berildi:
  •  Aholiga transport xizmati ko‘rsatish, yo‘lovchi tashish tizimida qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida maxsus kartalardan foydalanish tizmini takomillashtirish;
  •  Jamoat tranpostlaridan tashqari ta’lim muassasalarida, tarixiy turistik ahamiyatga ega bo‘lgan hududlarda, jamoat joylarida hamda savdo va umumiy ovqatlanish shahobchalarida aholining shu kabi maxsus kartalardan foydalanishi;
  •  Jamoat tranportlaridan foydalanish borasida fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tashkil etilgan maxsus kartalardan samarali foydalanish maqsadida ayniqsa avtobuslarda o‘rnatilgan terminallarning tizimli ishlashi;
  •  Fuqarolarning maxsus kartalarni sotib olish va undan foydalanish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan o‘quvlar tashkil etish;
  •  Avtotururargohlar va bekatlarda “Talaba”, “O‘quvchi”, “O‘qituvchi”, “Nafaqaxo‘r”, “Yoshlar ittifoqi faoli”, “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun” nomli maxsus kartalarni oldi-sotdi jarayonlarini belgilangan tartibda amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
  •  Maxsus kartalardan foydalanishning samaraligi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ko‘ngilli volontyorlari va sardorlariga to‘lov summasining 20 foizi miqdorda chegirma beradigan jamoat avtotransportlaridan foydalanishlari uchun maxsus yoshlar tashkiloti logotipi tushurilgan kartalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish to‘g‘risida keng ma’lumotlar berib o‘tildi.
— Bugungi kunda jamoat avtotransportlaridan samarali foydalanish va bunda maxsus kartalarning ahamiyati hamda qulayliklarini aholi ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot qilish ishlari olib borilmoqda. – deydi Viloyat yoshlar ittifoqi xodimi G‘ofurjon Bobobekov.
— Siz ham Ittifoq faolimisiz unda TEZ KARD plastik kartochkalaridan unumli foydalaning!