INSTITUT REKTORINING TAYANCH DOKTORANTLAR VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
Institutda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi NIZOM” talablarini bajarish hamda institutda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida institut rektori va tayanch doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda institut rektori S.I.Axmedov, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i U.A.Xushvaqtov, arxitektura fanlari doktori, professor A.S.Uralov, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdilar.Uchrashuvda bugungi kunda mavjud ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish, ularning ilmiy-pedogogik kadrlar tayyorlash borasida faoliyatlarini tahlil etish, horijiy turdosh oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, kafedralar huzuridagi ilmiy seminarlar faoliyatini muntazamligiga erishish, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning xalqaro ilmiy anjumanlarda faol ishtiroklarini ta’minlash va xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirildi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdilar.