“TA’LIM MUASSASALARIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHNING MA’NAVIY-MA’RIFIY ASOSLARI” MAVZUSIDA MA’RIFIY UCHRASHUV

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 yanvardagi 87-02-83-sonli modemogrammasi hamda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 30-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida joriy yilning 8 fevral kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-o‘quvchilari o‘rtasida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Tadbirda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari v.b. A.Shaxlasov, yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O‘.Xudayarov, Samarqand shahar 3-son IIB profilaktika katta inspektori B.Napasov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi T.Egamov, qurilish fakulteti dekani A.Bayzakovlar ma’ruzalar qilib, talabalarning savollariga javob berdilar.