KITOBXONLIK MADANIYATINI YUKSALTIRISH – BUYUK MAQSADLARIMIZGA ERISHISHNING MUHIM KAFOLATIDIR

Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining “Qurilishda menejment” kafedrasi mudiri hamda guruh murabbiylari tashabbusi bilan 2019 yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga qilgan Murojaatnomasi va undan kelib chiqqan holda “O‘zbekistonda Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida kengaytirilgan davra suhbati o‘zbek va rus tillarida o‘tkazildi. Suhbat davomida professor A.Suyunov va dotsent I.Usmonov ma’ruza qildilar.
Unda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy normativ hujjatlar, Oliy ta’lim muassasalari bilim salohiyatlari reytingi, O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta’lim asosida o‘qitish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro innovatsion-koorporativ hamkorlik modeli, professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini xalqaro tajribalar bilan rivojlantirish haqida gapirib o‘tildi.
Talabalarni qiziqtirgan savollarga professor A.Suyunov, dotsent I.Usmanov hamda kafedra mudiri H.Bo‘riyevlar javob berdilar.Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan talabalarga tashkilotchilar tomonidan sovg‘alar topshirildi.