Buyuk ajdodlarga ehtirom

2019 yilning 9 fevral kuni buyuk mutafakkir, davlat arbobi, she’riyat mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 578 yilligi munosabati bilan shahrimizning Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida shoirga ehtirom ko‘rsatish maqsadida uning haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.Gul qo‘yish marosimida viloyatdagi ta’lim muassasalari korxona va tashkilotlar qatorida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi ham ishtirok etdilar. Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov ochib berdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqan “Zarafshon” gazetasi bosh muharriri Farmon Toshev esa mutafakkirning davlat boshqaruvida amalga oshirgan ezgu ishlari, she’riyat sohasida qo‘lga kiritgan mislsiz yutuqlari haqida ma’lumot berdi.Tadbir davomida Alisher Navoiyning g‘azallaridan namunalar keltirildi, hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.