Inson qadri aziz, ajdodlar xotirasi muqaddas!

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti  Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga o‘rnatilgan Islom Karimov haykali poyiga viloyat va shahar hokimliklari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan gullar qo‘yildi.Gul qo‘yish marosimida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi rektor S.I.Axmedov boshchiligida ishtirok etib, marhum Prezidentimiz poyiga gulchambar qo‘yishdi va hurmat-ehtirom ko‘rsatishdi.