“Men huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga mas’ulman”

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida “Men huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga mas’ulman” mavzusida 2019 yilning 31 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Ma’naviy ma’rifiy uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i O‘. Xudayarov, qurilish fakultet dekan muovini B. Rasulov, institut psixologi S. Otayorov, IIB katta inspektori B. Napasovlar ishtirok etdilar va o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Maruzalarda yurtimizda fuqarolarning tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi, bu borada “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Bolalarni, ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar, Prezidentimizning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, davlat organlari va keng jamoatchilik oldida turgan muhim vazifalar aniq belgilab berilganligi,davlat idoralari, ziyolilar, mahalla faollari va boshqa jamoatchilik tuzilmalarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini birlashtirish  orqali ishlar ta’sirchanligini oshirish maqsadida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan haftaning payshanbasi huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni etib belgilanganligi, jamiyatda jinoyatchiikka qarshi kurashishda barchamiz mas’ul ekanligimiz ta’kidlandi.Tadbir so‘ngida talabalarga “Adashganlar” filmi namoyish etildi.