TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHI TALABALAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
Joriy yilning 4 fevral kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2-son talabalar turar joyida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov talabalar turar joyida yashovchi talabalarning xonadagi sharoitlarini ko‘zdan kechirib, har bir talaba bilan individual suhbat olib bordi. Olib borilgan individual suhbatlar davomida talabalarga “Odob-axloq qoidalari” va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga oid tushunchalar berildi.Shuningdek, talabalar turar joyidagi kamchilik va muammolar o‘rganib chiqildi hamda talabalar bilan yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘zaro muloqot o‘tkazildi.Muloqot davomida talabalar turar joyidagi mavjud sharoitlar haqida gapirilib, talabalar kuz-qish mavsumida gaz va elektr moslamalaridan oqilona foydalanish kerakligi yana bir bor ta'kidlandi.