INSTITUT, MAHALLA VA MAKTAB HAMKORLIGI AMALDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 noyabrdagi “Oliy va o‘rta  maxsus ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 917-sonli buyrug‘iga asosan institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O‘.Xudayarov va shu bo‘lim uslubchisi T.Ernazarov, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti  yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Saidovlar 2019 yilning 6 fevral kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 13-, 98-, 8-maktablarida, shuningdek “A. Navoiy”, “Jumaboy”, “Kadan”, “Qumoq” mahalla fuqarolar yig‘inlarida, “Ogohlik davr talabi”, “Qonun ustuvorligi – jamiyat taraqqiyotining poydevori” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazdilar. Uchrashuvlarda Respublikamizda Qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi tinchligini saqlash, borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida yetarlicha ma’lumotlar berildi. Ayniqsa yoshlarimizni bilib-bilmasdan adashib, turli diniy ekstremistik guruhlar ta’siriga tushib qolayotganligi, bunda yoshlarni global tarmoqdan foydalanish madaniyatini yaxshi bilmasliklari asosiy sabablardan biri ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.Uchrashuvlar qizg‘in bahs va munozaralar ostida o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni oldilar.