TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHI TALABALAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI

2019 yil 31 yanvar kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining katta faollar zalida institut moliya va iqtisod  ishlari bo‘yicha prorektori  A.Rajabov hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.Xaitovlar 2-son talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan “Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilaylik!” mavzusida muloqot o‘tkazishdi.
Muloqot davomida kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish, mana shu davrda talabalar turar joyida yashovchi talabalar tomonidan har xil nosoz ishitish moslamalari, yuqori quvvat tortuvchi elektr choynaklardan noqonuniy ravishda foydalanishi elektr ta’minotida ayrim muammolarni keltirib chiqarayotgaligi haqida to‘xtalib o‘tildi. Talabalarga yong‘in xavfsizligini oldini olish, texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish lozimligi tushuntirildi.Muloqotda talablar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.