BUNYODKORLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI – NURONIYLAR NIGOHIDA

2019 yilning 9 fevral kuni institutda uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan nuroniy ustozlar institutning kichik faollar zalida to‘planishib, keyingi yillarda ta’lim sohasida Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ijrosini ta’minlash borasida institutda amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbatlashishdi.Ayniqsa, institut moddiy texnik bazasini mustahkamlash, atrof-muhit tozaligini saqlash, obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlarning ko‘lami kengligi alohida e’tirof etildi.Nuroniy ustozlar institutning birinchi va to‘rtinchi talabalar turar joylarida amalga oshirilgan kapital ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar. U yerda talabalarga yaratilgan sharoitlar hozirgi zamon talabiga to‘liq javob bera olishini o‘z ko‘zlari bilan borib ko‘rdilar.Shuningdek, nuroniylar bosh o‘quv binosida hamda kulolchilik sexida qurilish ishlari jadal olib borilayotganligini yuqori baholab, institut rahbariyatini bu sohada amalga oshirayotgan ishlariga rivoj tilab, duoga qo‘l ochdilar.