Biz ijodkor talabamiz!

2019 yil 14 fevral kuni “Arxitektura” fakulteti, “Tasviriy san’at” kafedrasining rasm zalida  2018-2019 o‘quv yilining  kuzgi semestri yakuni bo‘yicha, talabalar mustaqil ishlaridan “Biz ijodkor talabamiz!”  mavzusidagi mustaqil ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.Ko‘rgazma “Eng yaxshi grafika”, “Eng yaxshi rang tasvir”, “Eng yaxshi innovatsion g‘oya”, “Eng yaxshi kompozitsion yechim” va “ Eng yaxshi haykaltaroshlik”   nominatsiyalari bo‘yicha olib borildi.Tadbirni  institut “Yoshlar bilan ishlash bo‘lim” boshlig‘i O‘. Xudoyorov  tabrik so‘zi bilan ochdi va ishtirokchilarga  muvaffaqiyatlar tiladi.Ko‘rgazmaga qo‘yilgan ijodiy ishlarda talabalarning avtoportret, natyurmort, manzara janridagi hamda haykaltaroshlikning relyef turiga mansub ishlar keng o‘rin olgan. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi kelajak avlodni sog‘lom turmush tarzi va milliy qadriyatlarimizga xurmat ruhida tarbiyalash,  ularning badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish, ularni ijodkorlikka undash orqali yosh ijodkorlarning ijodiy bilimini kengaytirish hamda ijodiy faoliyatini mukamallashtirish va rag‘batlantirishdan iborat bo‘lib, unda arxitektura  fakultetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.Ko‘rgazmada talabalarning ijodiy ishlarini baholash “Tasviriy san’at” kafedrasi mutaxassis o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirildi. Baholash natijasiga ko‘ra  “Eng yaxshi grafika” nominatsiyasida 301-dizayn guruhi talabasi Absalamova Sevara, “Eng yaxshi rangtasvir” nominatsiyasida 301-dizayn guruhi talabasi Nurmatov No'mon, “Eng yaxshi haykaltaroshlik” nominatsiyasida 201-dizayn guruhi talabasi  Samatova Shahlo, “Eng yaxshi kompozitsion yechim” nominatsiyasida  201-QHALTE guruhi talabasi Ergashev Zuxriddin, “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” nominatsiyasida 201-arxitektura guruhi talabasi Jo‘raev To‘lqinlar g‘oliblikka erishishdi.Ko‘rgazma g‘oliblari institut ma’muriyatining nominatsiyalar bo‘yicha diplomlari bilan taqdirlanishdi. Ko‘rgazma namoyishi davom etmoqda.