“YOSHLAR ORASIDA GIYOHVAND VOSITALARNI TARQALISHIGA QARSHI KURASH” MAVZUSIDA UCHRASHUV

2019 yil 11 fevral kuni institut katta faollar zalida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarni tarqalishiga qarshi kurash” mavzusidagi tezkor profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, Samarqand viloyati IIB kadrlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Nasimov, Samarqand shahar “Mirzo Ulug‘bek” MFY raisi M.Salomov, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari V.Ahmedov, Samarqand viloyati IIB YHX boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Yusupovlar ma’ruza qildilar.
Tadbir bahs-munozaralarga boy bo‘ldi hamda talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi. Shuningdek, talaba-yoshlarga huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda tayyorlangan “Ikki yo‘l orasida” filmi namoyish etildi.
Tadbir yakunida institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.B.Xaitov tadbir tashkilotchilariga mazmunli suhbat tashkil etganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.