AMERIKALIK MUTAXASSIS TOMONIDAN FULBRAYT DASTURI ASOSIDA MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI O‘TILISHI REJALASHTIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 dekabrdagi 87-03-4179-sonli xatiga binoan, Fulbrayt dasturi asosida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Magnet san’at maktabining ixtisoslashgan ta’lim markazi xodimi Sheffield II Gerald Euhon 2018-2019 o‘quv yilining bahorgi semestri mobaynida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida ilmiy faoliyat olib borish va talabalarga ma’ruza mashg‘ulotlar o‘tish uchun tashrif buyurishi rejalashtirilgan.Shu munosabat bilan 2019 yilning 8 fevral kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi xodimlari Oksana Ray va Saida Choriyevalar Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga tashrif buyurib, institutning kichik faollar zalida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan uchrashib, Fulbrayt dasturi haqida batafsil ma’lumot berdilar.Ma’lumot uchun: Xorijlik mutaxassis tomonidan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida ilmiy faoliyat olib borishi hamda “San’at va madaniyat tarixi” fanidan Dizayn bakalavriyat ta’lim yo‘nalishining talabalariga    68 soat ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishi rejalashtirilgan.