“QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” ITTIFOQ KUBOGI TASHKIL ETILDI

2019 yil 22 fevral kuni shahrimizning “Yoshlar markazi” binosida Samarqand viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, Respublika yoshlar markazi Samarqand viloyat bo‘linmasi bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining “Ittifoq kubogi” festivali bo‘lib o‘tdi.Festivalda Samarqand davlat chet tillari institutining “Tarjimon”, Samarqand veterenariya meditsinasi institutining “Maroqand”, Samarqand davlat universitetining “Ilhom”, Samarqand iqtisodiyot-servis institutining “O‘zbegim”, Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining “Turist” jamoalari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining “Dasturchilar”, shuningdek Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Maroqandlik bojalar” jamoasi o‘zining chiqishlari bilan qatnashdilar.Yoshlar ittifoqi  kubogining yarim final o‘yinlari 2019 yilning mart 12-13 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bunga institut yoshlar jamoasi katta tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishgan.