KITOBXONLIK MADANIYATINI YUKSALTIRISH – BUYUK MAQSADLARIMIZGA ERISHISHNING MUHIM KAFOLATIDIR

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Muhandislik kommunikasilari qurulishi” fakulteti “Suv ta’minoti kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish” kafedrasi mudiri, hamda guruh murabbiylari tashabbusi bilan 2019 yilning 16 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga qilgan Murojaatnomasi va undan kelib chiqqan holda “O‘zbekistonda Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida kengaytirilgan davra suhbati o’tkazildi. Unda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy normativ hujjatlar, Oliy ta’lim muassasalari bilim salohiyatlari reytingi, O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta’lim asosida o‘qitish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro innovatsion-koorporativ hamkorlik modeli, professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini xalqaro tajribalar bilan rivojlantirish haqida gapirildi.Shu bilan birga talaba yoshlarimizni kitobga bo’lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish, “Kitob eng yaxshi do‘st”, “Eng yaxshi kitobxon talaba” mavzusida tadbir o‘tkazildi.Talabalarni qiziqtirgan savollarga MKQ fakulteti xotin-qizlar rasi Axmedova.F va D.Sobirovalar javob berdilar.