“NAVOIY SIYMOSI –YOSHLAR TALQINIDA” VA “BOBUR – OLIM, SHOH, SHOIR VA MAHORATLI SARKARDA” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN BADIIY KECHA

2019 yil 14 fevral kuni institut faollar zalida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat  va ma`rifat bo`limi, хotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi, yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab “Navoiy  siymosi - yoshlar talqinida” va “Bobur – olim, shoh, shoir va mahoratli sarkarda” mavzusida badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.Ushbu badiiy kecha she’riyatga shaydo murabbiy va talaba-yoshlarning g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning  hayoti va faoliyatiga  bo‘lgan cheksiz  hurmat va ehtiromi ila boshlandi. Tadbirning kirish qismida navoiyshunos olim N.A.Boboqandov va “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o`qituvchisi A.Qurbonovlar so‘zga chiqib, ushbu she’riyat va badiiy kechaning yurtimiz, institutimiz,  ayniqsa,  talaba-yoshlar hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tirof  etib, barcha tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi. Tadbir davomida SamDAQI talabalari tomonidan tayyorlangan g‘azalxonlik va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.Tadbir  ko‘tarinki  kayfiyatda va  yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.