“YO‘L QOIDASI — UMR FOYDASI” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATI

Joriy yilning 15 fevral kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan “Yo‘l qoidasi — umr foydasi” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov kirish so‘zi bilan ochib, so‘z navbatini Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi katta leytenant R.Xudoyqulovga berdi.Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida hozirgi kunda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga bir muncha o‘zgaritirishlar va qo‘shimchalar kiritilgani haqida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, piyodalarning piyodalar yo‘laklaridan o‘tish qoidalariga amal qilgan holda harakat qilishlari, quloqchin, yo‘lni kesib o‘tayotganda mobil aloqa vositalaridan foydalanmaslik, avtomobillarni maxsus avtoturargohlarda saqlash yoki harakat vaqtida piyodalarga e’tiborli bo‘lish, mast holatda avtomobilni boshqarish va uning salbiy oqibatlari haqida keng tushunchalar berdi.Shundan so‘ng Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.