OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALARNI MODDIY QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN FAOL TALABALARDAN TEST SINOVLARI OLINDI

Joriy yilning 23 fevral kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi xodimi A.Asatov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov hamda tashkilotning faol a’zolari ishtirokida Yoshlar ittifoqi tomonidan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida test sinovlari o‘tkazildi. Test jarayoni adolatli tarzda o‘tkazilib, natijalar viloyat kengashi tomonidan e’lon qilinadi. Test sinovlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga bir yillik to‘lov-shartnoma pulining 35 foizi miqdoridagi so‘mma to‘lab beriladi.