Yangiliklar | 06-02-2021 | ko'rishlar soni: 469
Joriy yilning 4 fevral kuni 1-sonli talabalar turar joyi faollar zalida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va "Qurilish" fakulteti yoshlari tomonidan "ZAKOVAT" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
O‘yin qiziqarli savol va javoblarga boy bo‘lib, o‘nga yaqin jamoalar ishtirok etishdi. Har bir turda o‘yin natijalari yig‘ib borilgan ballar orqali hakamlar tomonidan hisobga olib borildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 06-02-2021 | ko'rishlar soni: 523
Xalqaro hamkorlik bo‘limi taklifiga ko‘ra Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga joriy yilning 5 fevralida Germaniyaning DAAD nemis tili mutaxassisi Shtefan Anton Umbax (Stefan Anton Umbach) tashrif buyurib institut rektori Sulton Axmedov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Germaniyaning Leypsig universiteti bilan kelajakda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish taklifi bildirildi.
Uchrashuvdan so‘ng Shtefan Anton Umbax tomonidan institut professor-o‘qituvchilari va talabalariga mahorat mashg‘ulotlari tashkil etildi. DAADning turli o‘quv va ilmiy tadqiqot dasturlari to‘g‘risida taqdimot, nemis tili o‘qituvchilariga chet tilini o‘rgatishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi hamda talabalarga og‘zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan to‘garak tashkil etish taklifi kiritildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 06-02-2021 | ko'rishlar soni: 459
2021-yil 3-fevral kuni institut faollar zalida talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Baxtli va mustahkam oila qurish omillari!” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatida Samarqand shahar Nuroniylar jamgʻarmasi “Oila va Xotin-qizlar bilan ishlash” kengashi raisi G.Xusainova va institut Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi M.Boboqulovalar oilaning muqaddasligi, oilada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar, oiladagi shaxslararo munosabatlar, qaynona-kelin munosabatlari, er-xotin munosabatlarining pedagogik-psixologik tomonlari haqidagi fikrlarni bildirdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 06-02-2021 | ko'rishlar soni: 394
Joriy yilning 3 fevral kuni akademik Toshpoʻlat Shirinqulovning 83 yoshligi munosabati bilan yorqin xotirasiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 06-02-2021 | ko'rishlar soni: 377
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabr kunidagi Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021-yilni mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”deb eʼlon qilinishi munosabati bilan yoshlarni ruhan va jismonan yetuk boʻlib yetishishlari uchun sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlar orasida giyohvand vositalari bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etilishini oldini olish, giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etish va giyohvandlik yoʻliga kirishiga sabab boʻlayotgan omillarni bartaraf etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 18-yanvar kunidagi “Yoshlar orasida giyohvand vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish tezkor-profilaktik tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 6-sonli Farmoyishi, shuningdek, Samarqand viloyati IIBning 2021-yil 30-yanvar kunidagi 3-sonli Farmoyishi asosida 2021-yilning 1-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvand vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Samarqand viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi hamda viloyat IIB Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari bilan birga Samarqand davlat axetektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamkorligida talaba yoshlar bilan targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 06-02-2021 | ko'rishlar soni: 393
2021 yil 29 yanvar kuni institut kichik faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan "Islom Karimov hayoti — ibrat va namuna maktabi" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Ch.Xushmurodova kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda Islom Karimov hayotiga oid “O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin...” nomli maqolasi haqida gapirib o‘tdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 02-02-2021 | ko'rishlar soni: 444
Yanvar oyining so‘ngi kunlarida institut rektori Sulton Axmedov va mas’ul xodimlar bilan birgalikda talabalar turar joylarida istiqomad qilib kelayotgan talabalar bilan yaqindan muloqotda bo‘lib ularning turmush tarzi bilan tanishdi.
Talabalarning xonalarida yashash sharoitlari oshxona va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun moʻljallangan 5 tashabbus xonalarini koʻzdan kechirdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 01-02-2021 | ko'rishlar soni: 427
30-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud kuni.
Islom Karimov mustaqil Oʻzbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida mamlakatimiz nomini dunyoga tanitgan, uning taraqqiyoti yoʻlida fidoyilik koʻrsatib mehnat qilgan inson edi. U oʻzining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan xalqimiz qalbidan munosib oʻrin olgan.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 01-02-2021 | ko'rishlar soni: 497
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining 2021 yil 28 yanvarida 2-3-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda dastlab an’anaga aylangan professor-o‘qituvchilik faoliyatida erishgan yutuqlari hamda bir qancha talabalar tanlovlarda erishgan yutuqlari institut ma’muriyati tomonidan e’tirof etilib diplom hamda ilmiy unvorlari tantanali ravishda topshirildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 29-01-2021 | ko'rishlar soni: 459
Viloyatning olis hududida Urgut tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 41 umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy instituti hamkorligida “Xitoy tili va madaniyati markazi” hamda professor Shahriyor Safarov kutubxonasi tashkil qilinib, joriy yilning 27 yanvar kuni uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda SamDCHTI Axborot xizmati xabar bermoqda.
Batafsil o'qish