"QURILISH" FAKULTETI YOSHLARI TOMONIDAN "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O‘YINI TASHKIL ETILDI

 

Joriy yilning 4 fevral kuni 1-sonli talabalar turar joyi faollar zalida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va "Qurilish" fakulteti yoshlari tomonidan "ZAKOVAT" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

O‘yin qiziqarli savol va javoblarga boy bo‘lib, o‘nga yaqin jamoalar ishtirok etishdi. Har bir turda o‘yin natijalari yig‘ib borilgan ballar orqali hakamlar tomonidan hisobga olib borildi. 

O‘yin natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagi o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:

I o‘rinni “Barkamol” jamoasi;
II o‘rinni “Qalqon” jamoasi;
III o‘rinni “Adolat” jamoasi qo‘lga kiritdilar.

G‘olib jamoalar diplomlar bilan taqdirlandilar.

Tashkilotchi va ishtorokchilarga SamDAQI Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi hamda SamDAQI yoshlari nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 

  


SamDAQI Axborot xizmati