INSTITUTI KENGASHINING 2-3 SON YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining 2021 yil 28 yanvarida 2-3-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab an’anaga aylangan professor-o‘qituvchilik faoliyatida erishgan yutuqlari hamda bir qancha talabalar tanlovlarda erishgan yutuqlari institut ma’muriyati tomonidan e’tirof etilib diplom hamda ilmiy unvorlari tantanali ravishda topshirildi.


Institutning “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi dotsenti Yuldasheva Munavvar Kadirovna O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2020 yil 13 maydagi 278/1 sonli bayonnomasiga asosan DOTSENT Ilmiy unvonini qo‘lga kiritdi.


"Arxitekturaviy loyihalash" kafedrasi katta oʻqituvchisi Aymatov Anvarbek Abdixoliqovich "Samarqand shahri tarixiy turar joy uylarini saqlash, qayta tiklash, yoʻllarini takomillashtirish" mavzusida ilmiy ishini himoya qilib, Arxitektura fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Ilmiy unvonini qoʻlga kiritdi.

 
Institutning “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti Sadikova Sitorabonu Nematdjanovna O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2020 yil 30 noyabrdagi 288/1 sonli bayonnomasiga asosan DOTSENT Ilmiy unvonini qo‘lga kiritdi.

 
"1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi mudiri Usmonov Valiahmad Fayzullayevich O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “FAXRIY YORLIG‘I” bilan, shuningdek 70 yoshlik yubeleyi munosabati bilan institut ma’muriyati va butunjamoa nomidan institut Xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.


"1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish” kafedrasi dotsenti Gadayev Abror Niyazovich O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “FAXRIY YORLIG‘I” bilan taqdirlandi.


"1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi dotsenti Sultonov Aminjon Ahadovich O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “FAXRIY YORLIG‘I” bilan taqdirlandi.

SamDAQI jamoasi va ma'muriyati nomidan barcha mukofot hamda Ilmiy unvonlarni qo‘lga kiritan professor-o‘qituvchilarni samimiy muborakbod etamiz!

 

Tantanali marosimlardan so‘ng institut Kengashi kun tartibiga ko‘ra quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

2021 yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikkar qabul natijalari to‘g‘risida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor E.Isakov, institutda ijro intizomini mustahkamlash, fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Z.Yasakovning ma’ruzalari tinglandi va yig‘ilganlar bilan muhokama qilindi.

 

Institutda ma’naviy-ma’rifiy sohasida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2021 yildagi dolzarb vazifalar haqidagi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitovning ma’ruzasi keyingi majlisda ko‘rib chiqishga kelishib olindi.

Shuningdek institut kafedralari kesimida kafedra mudirligi lavozimiga tanlov masalasi va turli masalar ham ko‘rib chiqildi.

  


SamDAQI Axborot xizmati