Yangiliklar | 03-03-2021 | ko'rishlar soni: 461
Ustozning ezgulikka yoʻgʻrilgan hayot yoʻliga nazar solsak, yarim asrga teng vaqtini ilmga baxshida etib, mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy – madaniy va diniy sohalariga doir tarixiy saboqlarni bugungi taraqqiyotimiz uchun tadbiq va tadqiq etganligi, taʼlim-tarbiya va maʼnaviy-maʼrifiy sohada talaba yoshlar qalbi va ongini milliy mentalitetimizga xos xususiyatlar bilan boyitishda jonbozlik koʻrsatib faoliyat olib borganligini koʻramiz.
“Har kuni, har soatda fidoiy boʻlish, oʻzini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay, tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish-haqiqiy qahramonlikdir”, - degan edilar birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 03-03-2021 | ko'rishlar soni: 374
#munosabat
Maʼlumki, mamlakatimizda yoshlarning taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor qaratish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Shu sababli ham oʻqituvchilar oʻz ustida tinimsiz mehnat qiladilar, ilm-fan yangiliklaridan boxabar boʻlib boradilar.
Ammo, mutaxassisligidan qatʼiy nazar har bir oʻqituvchida boʻlishi kerak boʻlgan yana bir mezon borki, uni aslo bahonalar bilan inkor etib boʻlmaydi. Bu mezon - maʼnaviyat!
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 03-03-2021 | ko'rishlar soni: 430
#milliy_sanat #SamDAQI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Tasviriy san’at” kafedrasi qoshida “Badiiy kulolchilik” to‘garagi o‘zining ish faoliyatini boshladi.
To‘garakka “Tasviriy san’at” kafedrasi o‘qituvchisi Gulmirzayev O‘ktam Abduhalimovich rahbarlik qilib kelmoqda. To‘garak ochilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsada yoshlarni o‘ziga jalb eta oldi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 03-03-2021 | ko'rishlar soni: 411
Joriy yilning 26 fevral kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 19 yanvar kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining videoselektor tarzida oʻtkazilgan majlisining 3-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida institutda yangi tarkibda tashkil etilgan Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining 1-sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 03-03-2021 | ko'rishlar soni: 388
Samarqand viloyati yoshlarining taklif va tashabbuslaridan kelib chiqib o'tkazilgan “Samarqand markaziy kulgi” ligasining chorak finalida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining "Maroqandlik bojalar" jamoasi 15,6 ballni qo'lga kiritib, tanlovning keyingi bosqichga yo'l oldi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 03-03-2021 | ko'rishlar soni: 419
2021 yil fevral oyining birinchi o‘n kunligida Jizzax politexnika instituti “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasiga biriktirilgan guruhlar bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutidan taklif qilingan arxitektura fanlari doktori, professor Uralov Axtam Sindarovich bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 03-03-2021 | ko'rishlar soni: 308
#xushxabar #rasman
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 2-fevraldagi “2020-2021 o‘quv yili uchun Respublika Oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 2/3-son hay’at qaroriga muvofiq Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Arxitektura” fakulteti “Bino va inshootlar arxitekturasi” mutaxassisligi II bosqich magistranti Fozilov Temur Fozilovich “Texnika va informatika yo’nalishi” ta’lim sohasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 03-03-2021 | ko'rishlar soni: 331
Joriy yilning 16 fevralida Samarqand shahrida joylashgan Yoshlar markazida Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Yil talabasi — 2020" Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Sovrindorlar orasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi Odilbek Taylonov ham bor. "Yilning eng faol sportchi talabasi" nominatsiyasida 3-oʻrinni qo‘lga kiritdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 03-03-2021 | ko'rishlar soni: 350
#xushxabar
Joriy yilning 8-fevral kuni Oʻzbekiston boʻylab start olgan Faol fuqarolar umummilliy festivali besh kun davom etdi deya xabar bermoqda “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati.
Festival “Yuksalish” umumilliy harakati tashabbusi bilan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi, Qozogʻistonning fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (ARGO) va qator hamkorlar koʻmagida tashkil etildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 03-03-2021 | ko'rishlar soni: 368
#Navoiyxonlik #Boburxonlik
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida g‘azal mulkining sultoni Nizomiddin mir Alisher Navoiyning 580 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligiga bag‘ishlangan “Ulug‘ siymolarni yod etib” deb nomlangan teatrlashtirilgan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Batafsil o'qish