REKTOR TALABALAR HAYOTI BILAN YAQINDAN TANISHDI
Yanvar oyining so‘ngi kunlarida institut rektori Sulton Axmedov va mas’ul xodimlar bilan birgalikda talabalar turar joylarida istiqomad qilib kelayotgan talabalar bilan yaqindan muloqotda bo‘lib ularning turmush tarzi bilan tanishdi.
Talabalarning xonalarida yashash sharoitlari oshxona va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun moʻljallangan 5 tashabbus xonalarini koʻzdan kechirdi.
Mavjud sharoitlar hamda kamchiliklar oʻrganildi.
Talabalar turar joylarini koʻzdan kechirar ekan "— Yoshlar bizning kelajagimiz, ular uchun biz eng yaxshi sharoitlarni yaratib berishimiz kerak", deya taʼkidladi institut rektori.
Shundan soʻng institut Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor O.Xaitov hamda Moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor A.Rajabovlarga topshiriqlarni belgilab berdi.
SamDAQI Axborot xizmati