O‘ZBEKISTON QUROLLI KUCHLARI — FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ!

Yangiliklar | 13-01-2020 | ko'rishlar soni: 806

post img

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2-sonli talabalar turar joyida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston qurolli kuchlari — Faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari524-safarbarlik chaqiruv batalyoni harbiylari va mayor U.Dadaboyev hamda mayor O.Xamrayevlar ishtirok etdilar.

Batafsil o'qish

ODAMIYLIK SABOQLARI

Yangiliklar | 13-01-2020 | ko'rishlar soni: 1119

post img

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 1-sonli talabalar turar joyi faollar zalida talabalar bilan “Odamiylik saboqlari” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Yoshlar bilan ishlash prorektori Orif Xaitov, institut psixolog Sardor Otayorov, tarbiyachi-pedagog Xolbo‘ta Xo‘janov, talabalar turar joyi boshqaruvi raisi Shavkat Xodjiyevlar ishtirok etdi.So‘zga chiqqan Orif Xaitov talabalarni ta’limda korrupsiyani oldi olish, odob-axloq qoidalari haqida, shuningdek yaqinda kapital ta’mirdan chiqqan talabalar turar-joylarida yangi jihozlarni asrab avaylab foydalanish haqida yana bir bor eslatib o‘tdi

Batafsil o'qish

YOSHLAR ORASIDA JINOYATCHILIKNI VA HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH

Yangiliklar | 13-01-2020 | ko'rishlar soni: 639

post img

2020 yil 9 yanvar kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar orasida jinoyatchilikni va huquqbuzarlikni oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Unda Samarqand viloyati IIB huquqbuzarliklar proflikatsiyasi boshqarmasi boshlig‘i S.Mirsaidov,Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti psixologi S.Otayorov va institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar qatnashdilar.Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga “Yoshlar orasida jinoyatchilikni va huquqbuzarlik” tushunchasi, uni keltirib chiqaruvchi sabablar va hozirgi kunda bu kabi salbiy illatni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish.

Batafsil o'qish

SAMDAQI MA’MURIYATI VA YOSHLARI NOMIDAN TASHAKKURNOMA TOPSHIRILDI

Yangiliklar | 13-01-2020 | ko'rishlar soni: 743

post img

O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 13 dekabrdagi F-5529-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash, o‘quvchi va talaba-yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy vatanpararlik oyligini samarali tashkil etish maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ma’muriyati 14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan institut hududida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatannni!” shiori ostida o‘tkazgan tadbirni harbiy texnikalar va zamonaviy qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi bilan yuqori saviyada o‘tkazishga yaqindan yordam berganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand viloyati boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Po‘latov Jahongir Yarkinbayevich tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 

Batafsil o'qish

MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI!

Yangiliklar | 13-01-2020 | ko'rishlar soni: 970

post img

2020 yil 9 yanvar kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi  tashabbusi bilan Vatanparlik oyligi doirasida Milliy gvardiya Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan harbiy texnika va ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil o'qish

BUGUN SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTIDA REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

Yangiliklar | 13-01-2020 | ko'rishlar soni: 988

post img

SamDAQI rektori Sultan Ilyasovich Axmedov, yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor Orif Bolikulovich Xaitov, yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari va 220 ta guruh sardorlari ishtirok etdilar.
Yig'ilishda SamDAQI rektori, 2019 yil 27 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvi haqida, Yoshlar Ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tuzilishi"Yoshlar media xoldingi" tashkil etish taklifi, 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo'lishi, yoshlarga berilayotgan va yaratilayotgan imkoniyatlar to'g'risida gapirib yig'ilishni ochib berdi.
Bundan tashqari yig'ilishda asosiy masalalardan biri korrupsiyaning oldini olishga qaratildi.Shundan so'ng talabalar tomonidan quyidagicha berilgan taklif va muammolar muhokama qilindi.

Batafsil o'qish

YANGI YILNI YANGI REJALAR BILAN.

Yangiliklar | 13-01-2020 | ko'rishlar soni: 488

post img

Bugun Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Orif Xaitov boshchiligida ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Xotin qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti, SamDAQI yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, institut psixologi, talabalar turar joylari tarbiyachilari bilan birgalikda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda 2019 yilda bajarilgan ishlar va kamchiliklar hamda yangi yilda rejalar, taklif va loyihalar ko‘rib chiqildi.

Batafsil o'qish

OTM REKTORLARI TOSHKENTDA YANGI OCHILGAN IKKITA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR

Yangiliklar | 13-01-2020 | ko'rishlar soni: 540

post img

4 yanvar kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov boshchiligida respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiallari direktorlari, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlaridan iborat delegatsiya Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshlagan ikkita ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishdi.Oliy ta’lim tizimi delegatsiyasi dastlab Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi farmoyishi bilan tashkil etilgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib ko‘rdi.Ijod maktabida yaratilgan shart-sharoit va o‘quv jarayonlari bilan tanishish asnosida vazir oliy ta’lim muassasalari ijod maktablari bilan yaqindan hamkorlik qilishga, yosh iqtidor egalarini rag‘batlantirish doimo tayyorligini ma’lum qildi.

Batafsil o'qish

SAMDAQI REKTORI YANGI YIL MUNOSABATI BILAN TABRIK YO‘LLADI

Yangiliklar | 13-01-2020 | ko'rishlar soni: 476

post img

Assalomu alaykum aziz hamshaharlar, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda institutimizning aziz talabalari.Mana bir necha soatlardan so‘ng 2019 yilimiz bilan xayrlashib, yangi 2020 yilni qarshi olamiz.2019 yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi juda yaxshi natijalarga erishdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Barcha sohalarda sezilarli o‘sishlarni kuzatdik. Buning uchun barcha jamoa a’zolariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Batafsil o'qish

SAMDAQIDA OLIMA AYOLLARNING 2-SONLI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Yangiliklar | 13-01-2020 | ko'rishlar soni: 508

post img

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xotin-qiz professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan yosh olimalarga SamDAQI olima ayollari ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo‘lida mavzusida seminar tashkil etildi.Seminarda institut xotin-qiz professor-o‘qituvchilari, yosh olimalar o‘rtasida kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokama qilindi.Fakultetlardagi ilmiy ishlarning holati to‘g‘risida, institut xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti fakultet xotin-qizlar yetakchilarining xisobotlari o‘rganib chiqildi.

Batafsil o'qish