TALABA-YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Yangiliklar | 15-03-2021 | ko'rishlar soni: 493

post img

#kurash #sport #5_tashabbus

Xabaringiz bor joriy yilning 10 mart kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti sport zalida sportning “Kurash” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Milliy o‘yinlarimizdan biri bo‘lmish “Kurash” musobaqasi institut “Talaba” sport uyushmasi hamda “Kasb ta’limi va jismoniy tarbiya” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi.

Batafsil o'qish

“OʻZBEKNING QAHRAMON OʻGʻLI”

Yangiliklar | 15-03-2021 | ko'rishlar soni: 478

post img

Maʼlumki, 2012 yildan buyon “Tasviriy sanʼat” kafedrasi dotsenti, D.Sultonova tashabbusi bilan SamDAQI va A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasi asosida muntazam maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

2021 yil, 12 mart kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat AKMda Oʻzbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekning qahramon oʻgʻli” deb nomlangan navbatdagi davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirni AKM direktor oʻrinbosari N.Saidmuradova ochib berdi. Soʻng Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti “Tasviriy sanʼat” kafedrasi dotsenti, arxitektura fanlari doktori D.Sultonova soʻzga chiqib “Qalblarni zabt etgan shoir” mavzusida keng qamrovli maʼruza qildi. SamDAQIdagi ilk olima (DSc) AKM ilmiy sektoriga oʻzining fan doktori dissertatsiyasi va avtoreferatlar nusxasini tuhfa etdi.

Batafsil o'qish

YILDIZ TEXNIK UNIVERSITETI PROFESSORI TASHRIF BUYURDI

Yangiliklar | 11-03-2021 | ko'rishlar soni: 966

post img

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga Turkiyaning nufuzli Yildiz Texnik Universiteti, “Arxitektura” kafedrasi professori Chidem Djanbay Turkyilmaz xonim tashrif buyurdi.

Tashrifi doirasida turk professori institut rahbari Sulton Axmedov bilan birga muzokalar olib bordi.

Batafsil o'qish

SamDAQI Xodimlar va talabalar boshlangʻich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Nurota shahriga sayohat uyushtirildi

Yangiliklar | 10-03-2021 | ko'rishlar soni: 490

post img

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2018-yil 3 fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida hamda “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan joriy yilning 6 martida SamDAQI Xodimlar va talabalar boshlangʻich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Nurota shahriga sayohat uyushtirildi. 

Batafsil o'qish

XOTIN QIZLAR O‘RTASIDA SHAXMAT-SHASHKA SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Yangiliklar | 09-03-2021 | ko'rishlar soni: 570

post img

#sport #5_tashabbus

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-sonli Farmonining ijrosini taʼminlash hamda “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan 4-5-mart kunlari institutda xotin-qizlari oʻrtasida fakultetlararo sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha musobaqa oʻtkazildi. 

Batafsil o'qish

NAFOSAT GULSHANIDIR AYOL

Yangiliklar | 09-03-2021 | ko'rishlar soni: 588

post img

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida Xalqaro xotin-qizlar bayrami erta tongdan keng nishonlandi.

Faol talaba-yoshlar tomonidan kirib kelayotgan xotin-qizlarga bayram kayfiyati ulashildi.

Batafsil o'qish

BIRINCHI BOSQICH TALABALARI HFX KAFEDRASI KUBOGINI QO‘LGA KIRITDI

Yangiliklar | 09-03-2021 | ko'rishlar soni: 438

post img

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganligining 25 yilligi munosabati bilan “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi tashabbusi bilan “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha sport musobaqasi tashkil etildi.

Tadbirni “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri H.Rozzoqov ochib berdi. O‘yin oldidan “Qurilish” fakulteti yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini A.Kamolov bayram munosabati bilan barchani tabriklab talabalarga omad tiladi.

Batafsil o'qish

SHAKAR AHADOVNING 85 YILLIGIGA BAG‘ISHLAB, “ILMGA BAXSHIDA UMR” MAVZUSIDAGI XOTIRA TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI

Yangiliklar | 09-03-2021 | ko'rishlar soni: 426

post img

2021 yil 3 mart kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Asliddin Qoʻldoshev boshchiligida, katta o‘qituvchisi Ziyotova Adolat Ergashevna tomonidan tashkil qilingan, tarix fanlari doktori, professor, “Antik dunyo” xalqaro ilmiy akademiyasining faxriy akademigi Shakar Ahadovning 85 yilligiga bag‘ishlab, “Ilmga baxshida umr” mavzusidagi xotira tadbirini o‘tkazildi.

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Asliddin Qo‘ldoshev, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi To‘raqul Egamov, dotsent Samariddin Aliqulov, dotsent Akbar Safarov va boshqa professor-o‘qituvchilar Shakar Ahadovning qariyb yarim asrga teng ilmga bag‘ishlangan ibratli yo‘lini xotirladilar.

Batafsil o'qish

XUSHXABAR

Yangiliklar | 09-03-2021 | ko'rishlar soni: 418

post img

Institutning "Qurilish" fakulteti dekan muovini Rasulov Bekzod Boymurodovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengash qaroriga asosan 2020 yil 30 noyabrdagi 288/1-sonli bayonnomasi bilan siyosiy fanlar boʻyicha FALSAFA DOKTORI Ilmiy darajasi berildi.

SamDAQI professor-o‘qituvchilar jamoasi hamda ma'muriyati nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Batafsil o'qish

NAVBATDAGI KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

Yangiliklar | 09-03-2021 | ko'rishlar soni: 355

post img

Joriy yilning 1 mart kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Kengashining 4-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis an’anaga ko‘ra yaxshi xushxabarlar bilan boshlandi.

Majlisda kun tartibiga ko‘ra dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qaroriga asosan institutning ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash to‘g‘risida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor E.Isakovning ma’ruzasi tinglandi.

Batafsil o'qish