"ISLOM KARIMOV HAYOTI — IBRAT VA NAMUNA MAKTABI"

 

2021 yil 29 yanvar kuni institut kichik faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan "Islom Karimov hayoti — ibrat va namuna maktabi" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Ch.Xushmurodova kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda Islom Karimov hayotiga oid “O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin...” nomli maqolasi haqida gapirib o‘tdi. 

"Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o‘qituvchisi M.Muratova esa o‘z so‘zida Islom Karimov hayoti bilan bog‘liq qiziqarli faktlarni talabalar e’tiboriga havola etdi. Shuningdek, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi uslubchisi H.Normatov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi L.Usmonovlar ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

103 va 104-GKK-guruhi talabalari tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar va badiiy chiqishlar hamda mavzuga oid slayd va videorolik namoyish e’tildi.


 


SamDAQI Axborot xizmati