BAXTLI VA MUSTAHKAM OILA QURISH OMILLARI
2021-yil 3-fevral kuni institut faollar zalida talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Baxtli va mustahkam oila qurish omillari!” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatida Samarqand shahar Nuroniylar jamgʻarmasi “Oila va Xotin-qizlar bilan ishlash” kengashi raisi G.Xusainova va institut Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi M.Boboqulovalar oilaning muqaddasligi, oilada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar, oiladagi shaxslararo munosabatlar, qaynona-kelin munosabatlari, er-xotin munosabatlarining pedagogik-psixologik tomonlari haqidagi fikrlarni bildirdi.
Oilada ayol ulugʻlanishi lozimligi, buning uchun esa avvalambor ayol oʻz faoliyati bilan erishishi lozim ekanligi tushuntirildi. Tadbirda oilali talabalar hamda oila qurish arafasida turgan talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
SamDAQI Axborot xizmati