Yangiliklar | 10-02-2020 | ko'rishlar soni: 644
Joriy yilning 4 fevralida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Biz — sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda SamDAQI ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi T.Egamov, Samarqand viloyat narkologiya dispanseri vrachi G.Jalilova, SamMI “Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va dermovenerologiya” kafedrasi asistentlari N.Jumayeva, M.Achilova va G.Uzoqova, SamDAQI xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Boboqulova hamda institut salomatlik markazi vrachi N.Sultonova va talaba-yoshlar qatnashdilar.Yig‘ilganlarga mutasaddilar tomonidan mavzu doirasi OITS va giyohvandlik — inson ma’naviyati kushandasi ekanligi haqida ma’lumotlar yetkazildi. Shuningdek, hozirgi kunda butun duyoda muhokamada bo‘lib kelayotgan Xitoy xalq Respublikasida keng tarqalgan havfli virus ya’ni “Koronavirus” haqida ham gapirib o‘tildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 06-02-2020 | ko'rishlar soni: 680
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi tomonidan Akademik T.Sh.Shirinqulov faoliyati va ilmiy-ijodini o‘rganish mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.Mazkur ilmiy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda 2020 yil yanvar oyidagi Parlamentga murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni ilm-fanga qiziqishlarini yanada kuchaytirish, yosh tadqiqotchilar erishayotgan nazariy natijalarini amaliyotda qo‘llash va undagi muammolar yechimlariga bag‘ishlangan masalalar yuzasidan soha olimlari tomonidan ma’ruzalar qilindi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 01-02-2020 | ko'rishlar soni: 755
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 30-yanvar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni munosabati bilan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyat va shahar Kengashi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.“Islom Karimov-mustaqil davlatimiz asoschisi va bosh me’mori” mavzusidagi davra suhbatida Birinchi Prezidentimizning mamlakat mustaqilligini e’lon qilishda ko‘rsatgan jasorati va istiqlolimizni mustahkamlash borasida olib borgan oqilona siyosati xususida so‘z yuritildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 01-02-2020 | ko'rishlar soni: 785
Ushbu kun munosabati bilan erta tongdan Samarqand shahrining Registon maydoni yonida joylashgan Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yish marosimlari bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Samarqand viloyat va shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari hamda Oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 27-01-2020 | ko'rishlar soni: 784
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyatsiya va servis” kafedrasining katta o‘qituvchisi Shavkat Azzamovich Usmonovning tavallud ayyomlari bilan, institut jamoasi chin dildan muborakbod etadi.Shavkat Azzamovich Usmonov sizga uzoq umr, sog'lik salomatlik, tinchlik-totuvlik va oilaviy baxt, doimo yoshlarni ilm-zakovatli qilib tarbiyalashda mana shunday ko'tarinki ruh hamda shijoat sizni hech qachon tark etmasligini tilab qolamiz.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 23-01-2020 | ko'rishlar soni: 764
2019-2020 o‘quv yilidan boshlab xabaringiz bor 2+2 va 2+3 qo‘shma ta’lim dasturi asosida Rossiya hamda Belarus davlatlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan bitimga asosan institutimizga talabalar qabul qilindi va hozirgi kunda ta’lim olib kelmoqdalar.2020 yil 21 yanvar kuni institut rektori va qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 23-01-2020 | ko'rishlar soni: 723
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida “Prezidentimiz tashabbusiga tashabbus bilan javob beraylik” shiori ostida, 302-303 QHALTE guruhlari, Arxitektura fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, fakultet yoshlar ittifoqi yetakchilari, Axborot resurs markazi jamoasi hamda guruh murabbiylari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 17-01-2020 | ko'rishlar soni: 831
Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari ixtisosligi bo‘yicha Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Issiklik-gaz ta’minoti, ventilyatsiya va servisi” kafedrasi tayanch doktoranti Fayziyev Zafar, hozirgi kunda Belorussiyaning Minsk shahrida joylashgan Belorussiya milliy texnika universitetida malaka oshirmoqda.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 15-01-2020 | ko'rishlar soni: 858
Joriy yilning 13 yanvar kuni 4-sonli talabalar turar joyida “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi kuni o‘tkazildi.
Unda dastlab kafedra mudiri v.b. M.Xodjabekov professor-o‘qituvchilar va talabalarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi. “— Bu sananing tarixiy ahamiyati shundaki, 1991 yil 6 sentyabrdagi “Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi, 1992 yil 3 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi va 1992 yilning 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinganligi esa muhim tarixiy ahamiyatga ega, 1993 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni deb belgilandi man shundan beri yurtimizda ushbu bayram man shu sanada keng nishonlanib kelmoqda” – deb o‘z fikrlari bildirdi.Kafedra kuni doirasida qatnashchilarga talabalarning raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishlarida kafedra tomonidan o‘tilayotgan fanlarning o‘rni haqida t.f.d. professor H.To‘raev batafsil ma’lumot berish bilan birgalikda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdagi o‘z takliflarini va talabalarga zarur maslahatlarni berdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 14-01-2020 | ko'rishlar soni: 1211
Bugun Sohibqiron Amir Temur bobomiz haykali poyiga 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyat va shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.Marosimda Samarqand viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari vakillari ham jamoaviy ishtirok etdilar. Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib hurmat bajo keltirdilar.Gul qo‘yish marosimidan so‘ng Samarqand viloyat hokimiyati yonida joylashgan ko‘ksaroy maydonida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab tashkillashtirilgan harbiy xizmatchilar namoyishi, harbiy texnikalar va harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
Batafsil o'qish