GERMANIYANING DAAD NEMIS TILI MUTAXASSISI TASHRIF BUYURDI

 

Xalqaro hamkorlik bo‘limi taklifiga ko‘ra Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga joriy yilning 5 fevralida Germaniyaning DAAD nemis tili mutaxassisi Shtefan Anton Umbax (Stefan Anton Umbach) tashrif buyurib institut rektori Sulton Axmedov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Germaniyaning Leypsig universiteti bilan kelajakda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish taklifi bildirildi.

Uchrashuvdan so‘ng Shtefan Anton Umbax tomonidan institut professor-o‘qituvchilari va talabalariga mahorat mashg‘ulotlari tashkil etildi. DAADning turli o‘quv va ilmiy tadqiqot dasturlari to‘g‘risida taqdimot, nemis tili o‘qituvchilariga chet tilini o‘rgatishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi hamda talabalarga og‘zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan to‘garak tashkil etish taklifi kiritildi.

 

  

  


SamDAQI Axborot xizmati