“SHE’RIYAT SHAYDOSIMAN” NOMLI UCHRASHUV

Yangiliklar | 13-04-2021 | ko'rishlar soni: 448

post img

#uchrashuv #kitobxonlik

2021 yilning 6 aprelida SamDAQI Axborot resurs markazi tomonidan “Kitobxonlik haftaligi" munosabati bilan “She’riyat shaydosiman” nomli uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalq shoirasi Xosiyat Bobomurodova ijodiga bag‘ishlandi. Shoira o‘z hayoti va ijodi haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.

Faol talaba-yoshlar tomonidan ajoyib she’rlar va raqslar ijro etildi.

Batafsil o'qish

Rustamova Dilbar Bahodirovnaning monografiyasi bir necha tillarda sotuvga chiqarildi

Yangiliklar | 13-04-2021 | ko'rishlar soni: 336

post img

#xushxabar #monografiya

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Qurilish” fakulteti “Bino va inshootlar” kafedrasi oʻqituvchisi Rustamova Dilbar Bahodirovnaning “Sendvich-panellari qoʻllanilib quriladigan kam qavatli turar-joy binolarining ekspluatatsion xususiyatlari” nomli monografiyasi Germaniyaning Lambert Academic Publishing nashriyoti tashabbusi bilan ingliz, rus, nemis, ispan, fransuz, portugal, italyan, polyak kabi tillarga tarjima qilinib, nashr etildi va dunyo boʻylab sotuvga chiqarildi. 

Batafsil o'qish

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685-yilligi viloyatimizda keng nishonladi

Yangiliklar | 13-04-2021 | ko'rishlar soni: 393

post img

Erta tongdan viloyat va shahar hokimligi, keng jamoatchilik vakillari Amir Temur maqrabasini ziyorat qilib, buyuk Sohibqironni yodga oldilar.

Qurʼon tilovat qilindi.

Shundan soʻng tadbir ishtirokchilari - Samarqand shahridagi taʼlim muassasalari, huquq-tartibot idoralari vakillari, harbiylar Amir Temur haykali poyiga gullar qoʻydi.
 
Keng jamoatchilik vakillari Sohibqiron haykali oʻrnatilgan maydonda jam boʻlib, ulugʻ bobomiz xotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatdi.

Batafsil o'qish

Atrofimizdagilarga yordam qilishning ijobiy tomonlari

Yangiliklar | 13-04-2021 | ko'rishlar soni: 328

post img

#seminar_trening #psixologik_maslahat

Institut psixologi S.Otayorov tomonidan Arxitektura yoʻnalishi 1-bosqich talaba-yoshlariga “Atrofimizdagilarga yordam qilishning ijobiy tomonlari” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

Seminar-treningda psixolog tomonidan atrofdagilarga oʻz xohishi bilan yordam beruvchi insonlar, hayotidan koʻproq qoniqish hosil qilishi, oʻz xohishi bilan yordam qoʻlini choʻzganda insondagi ijobiy inergiya oʻn barobar ortishini, bir soʻz bilan aytganda har bir inson oʻz hayotidagi asl mazmun-mohiyatini ijobiy ishlar orqali anglab yetishligini bir necha misollar orqali taʼkidlab oʻtildi.

Batafsil o'qish

TURKIYANING O‘ZBEKISTONDAGI BOSH KONSULXONASI RAHBARI SALIH JANER TASHRIF BUYURDI

Yangiliklar | 13-04-2021 | ko'rishlar soni: 324

post img

#xalqaro_hamkorlik #Turkiya

Joriy yilning 6-aprelida Turkiyaning Samarqanddagi bosh konsulxonasi rahbari Salih Janer O‘zbekiston va Turkiya OTMlari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga tashrif buyurdi.

Institut rektori Sulton Axmedov va institut rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuvda Turkiyaning Samarqanddagi bosh konsulxonasi rahbari Turkiyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish taklifini bildirib o‘zaro ta’lim sohalarida O‘zbekiston-Turkiya muloqotini yanada rivojlantirish uchun tomonlarda ulkan salohiyat va qiziqish mavjudligini qayd etdi.

Batafsil o'qish

2 ta OTMda madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti ochiladi

Yangiliklar | 13-04-2021 | ko'rishlar soni: 375

post img

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

2 ta OTMda madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti ochiladi bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

“Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5054-son, 06.04.2021-y.) qabul qilindi 

Batafsil o'qish

KITOB — QALB GAVHARI, KO‘NGIL OFTOBI

Yangiliklar | 13-04-2021 | ko'rishlar soni: 396

post img

#kitobxonlik #5_tashabbus

Xabaringiz bor 2021 yil 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2021 yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasini “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilanganligini ma’lum qilgan edik.

Batafsil o'qish

SHE’RXONLIK KECHASI TASHKIL ETILDI

Yangiliklar | 13-04-2021 | ko'rishlar soni: 500

post img

#madaniy_tadbir

Samarqand viloyat hokimligining 2020-yil 5-dekabrdagi 07-07/1623-sonli xati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-dekabrdagi PQ-4906-sonli “O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ga asosan 2021-yil 31-mart kuni institut 1-son talabalar turar joyi faollar zalida “Sen bahorni sog‘inmadingmi?” mavzusida she’rxonlik kechasi tashkil etildi.

Batafsil o'qish

“BUNYODKOR” JAMOASI RESPUBLIKA OCHIQ KUBOGIDA NECHANCHI O‘RINNI EGALLADI?

Yangiliklar | 13-04-2021 | ko'rishlar soni: 361

post img

#zakovat #buxoro

Joriy yilning 3 aprelida Buxoro shahrida “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi Respublika ochiq Kubogi o‘tkazildi!

Unda butun Respublikamizdan 60 ga yaqin terma jamoalar qatnashdilar. Murosasiz kechgan o‘yinda umumjamoa natijalari quyidagicha qayd etildi:

Batafsil o'qish

OʻZBEKISTON-QIRGʻIZISTON: TAʼLIM SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK ALOQALARINING YANGI BOSQICHI

Yangiliklar | 13-04-2021 | ko'rishlar soni: 364

post img

#hamkorlik

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Bino va inshootlar kadastri” kafedrasi tashabbusi bilan 2021-yil 1-aprel kuni Qirgʻiziston davlat qurilish, transport va arxitektura universiteti “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, professor Akilbek Chimirov tomonidan oʻzaro hamkorlik boʻyicha Anglashuv memorandumiga muvofiq “Yerni masofadan zondlash materiallari asosida relyefning raqamli modelini yaratish” mavzusida xalqaro onlayn dars boʻlib oʻtdi.

Qirgʻiziston davlat qurilish, transport va arxitektura universiteti, undagi faoliyati, olib borilayotgan ilmiy ishlar, taʼlim sohasidagi yangiliklar, talabalarga dars berishdagi yangi innovatsion texnologiyalar, talabalarni magistratura yoʻnalishlarida oʻqishlarini davom ettirishlari yuzasidan suhbat olib borildi.

Batafsil o'qish