SAMDAQI: "YOSHLAR ORASIDA GIYOHVAND VOSITALARINI TARQATILISHIGA QARSHI KURASHISH" TEZKOR-PROFILAKTIK UCHRASHUV

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabr kunidagi Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021-yilni mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”deb eʼlon qilinishi munosabati bilan yoshlarni ruhan va jismonan yetuk boʻlib yetishishlari uchun sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlar orasida giyohvand vositalari bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etilishini oldini olish, giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etish va giyohvandlik yoʻliga kirishiga sabab boʻlayotgan omillarni bartaraf etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 18-yanvar kunidagi “Yoshlar orasida giyohvand vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish tezkor-profilaktik tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 6-sonli Farmoyishi, shuningdek, Samarqand viloyati IIBning 2021-yil 30-yanvar kunidagi 3-sonli Farmoyishi asosida 2021-yilning 1-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvand vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Samarqand viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi hamda viloyat IIB Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari bilan birga Samarqand davlat axetektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamkorligida talaba yoshlar bilan targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi IIV JQBB masʼul xodimlari ishtirok etib, IIVligi tomonidan tayyorlangan “Oʻzini yoʻqotganlar” nomli videorolik namoyish etildi. Bu kabi tadbirlar viloyat miqyosida oʻtkazilmoqda.  

  

 

  


SamDAQI Axborot xizmati