SAMDAQI REKTORI YANGI YIL MUNOSABATI BILAN TABRIK YO‘LLADI

 

Assalomu alaykum aziz hamshaharlar, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda institutimizning aziz talabalari.Mana bir necha soatlardan so‘ng 2019 yilimiz bilan xayrlashib, yangi 2020 yilni qarshi olamiz.2019 yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi juda yaxshi natijalarga erishdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Barcha sohalarda sezilarli o‘sishlarni kuzatdik. Buning uchun barcha jamoa a’zolariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Yangi yilda yangi marralarni ko‘zlab, yangi kuch g‘ayratga to‘lib endi yanada yuqori natijalarni ko‘zlab harakat qilishimiz kerak!
Barchangizga kirib kelayotgan yangi yil omadli, barokatli yil bo‘lsin. Har biringiz uchun mo‘jizali yil bo‘lsin, o‘ylagan barcha orzularingiz ushalsin. Ahil jamoamizga ko‘z tegmasin, doimo institut ravnaqi yo‘lida, doimo dadil qadam bosib, eng yuqori natijalarga erishib yuraylik!
Yana bir bor kirib kelayotgan yangi yil, barchangizga muborak bo‘lsin!
SamDAQI rektori
Sultan AXMEDOV