MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI!

 

2020 yil 9 yanvar kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi  tashabbusi bilan Vatanparlik oyligi doirasida Milliy gvardiya Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan harbiy texnika va ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Xabaringiz bor O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 13 dekabrdagi F-5529-sonli farmoyishi bo‘yicha 2019 yil 15 dekabrdan 2020 yil 15 yanvargacha Respublikamizda Vatanparvarlik oyligi deb e’lon qilingan.Shu munosabat bilan qolaversa 14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hududida, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida, “Mardlar qo‘riqlaydi Vatannni!” shiori ostida harbiy texnikalar va zamonaviy qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi tashkil etildi.
Tadbirni institut rektori Sultan Ilyasovich Axmedov kirish so‘zlari bilan ochib berdi va kirib kelayotgan bayram bilan harbiylarimizni samimiy muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand viloyati boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Po‘latov Jahongir Yarkinbayevich rahbarligida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir talaba-yoshlar o‘rtasida harbiy vatanparvarlik, Vatanga bo‘lgan muhabbat hislarini yanada kuchliroq uyg‘ota oldi.
Ko‘rgazmali namoyishlardan so‘ng yoshlar harbiy texnika va qurol yarog‘lar bilan yaqindan tanishdilar.