Yangiliklar | 13-01-2020 | ko'rishlar soni: 646
2019 yil 24 dekabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida arxitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlashda “Qurilish kontruksiyalari” fanlarini o‘qitish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.Seminarda “Metal konstruksiyalari”, “Temirbeton va tosh konstruksiyalari”, “Yog‘och konstruksiyalari” kabi fanlarni “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasida o‘qitish, o‘qitish bilan birga ularni loyihalashda zamonaviy kompyuter dasturlaridan foydalanishni o‘rgatish ishlari muhokama qilindi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 13-01-2020 | ko'rishlar soni: 575
2019 yil 13 dekabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining faollar zalida 4-sonli talabalar turar-joyi talabalarining O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar davomida faol qatnashib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, Qurilish fakulteti dekani A.Bayzakov, dekan muovini A.Kamalov, 4-son TTJ tarbiyachi pedagogi X.Imomov va institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 26-12-2019 | ko'rishlar soni: 843
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 470-son buyrug‘iga muvofiq fakultet va kafedralarda keyingi uch yilda ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy sohalarda olib borilgan ishlarni o‘rganish, o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Ishchi guruhi tuzildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 26-12-2019 | ko'rishlar soni: 744
Qizg‘in bahslarga boy bo‘lib o‘tgan kitobxonlik haqidagi – davra suhbati institut kutubxonasida Dilbar Yarmatova tashabbusi bilan tashkil qilindi. Unda Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Adolat Ziyotova “Harakatlar strategiyasi” va “Besh tashabbus” haqida ma’lumot berib, unda belgilangan vazifalarni kitob mutolaasi bilan bog‘ladi.“Bilim nima? Bu o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish bo‘lsa, ko‘nikma o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olishdir. Malaka esa o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish bo‘lsa, kompetensiya mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyatidir.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 24-12-2019 | ko'rishlar soni: 773
Viloyatimizda 2019 yil 15 dekabrdan, 2020 yil 15 yanvariga qadar Vatanpar oyligi deb e’lon qilingan.Shu munosabat bilan Samarqand davlat –arxitektura qurilish institutiga joriy yil 19 dekabr kuni O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti tomonidan, "Vatanparvarlik milliy yuksalish kafolati" shiori ostida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va Markaziy harbiy okrug hamda ma’naviyat ma’rifat markazi bilan hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 24-12-2019 | ko'rishlar soni: 730
2019 yil 14 dekabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining Axborot resurs markazida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitob – qalb gavhari, ko‘ngil oftobi” nomli tadbir hamda siyosiy huquqiy sohaga tegishli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 24-12-2019 | ko'rishlar soni: 761
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti "Shahar qurilishi va xo‘jaligi" kafedrasi katta o'qituvchisi N.Saliyeva 2019 yil 21-oktabrdan 20-noyabrgacha Moskva davlat qurilish universitetida №DPO11-076-19-sonli shartnoma asosida, uzluksiz ta'lim dasturi bo'yicha malaka oshirishda bo‘lib qaytdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 23-12-2019 | ko'rishlar soni: 771
2019 yil 17 dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan “Xotin-qizlarning huquqiy manfaatlari davlat himoyasida” mavzusidagi seminar-treningda bo‘lib o‘tdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 23-12-2019 | ko'rishlar soni: 686
Saylov jarayonlarida nafaqat mahalliy kuzatuvchilar, balki xorijdan kelgan mehmonlar ham ishtirok etdilar.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida joylashgan 78-saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik palatasi saylovi kuzatuvchisi Sulev Laane, Martin O‘mara, Italia vakili Salvatore Cacciola, Qozog‘iston vakillari Kaziyakparova Zeynegul, Saduov Maxnarbek, Nazarova Svetlanalar jarayonlarni kuzatib, saylov shaffof va ko‘tarinki ruhda o‘tayotgani haqida tashkilotchilarga o‘z fikrlari va minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 23-12-2019 | ko'rishlar soni: 704
Saylov jarayonlaridan. (foto)
Batafsil o'qish