O‘ZBEKISTON QUROLLI KUCHLARI — FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ!

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2-sonli talabalar turar joyida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston qurolli kuchlari — Faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, 524-safarbarlik chaqiruv batalyoni harbiylari va mayor U.Dadaboyev hamda mayor O.Xamrayevlar ishtirok etdilar.
Mayor O.Xamrayev yoshlar bilan bo‘lgan muloqotda “—Vatan degan bir so‘z, unda olam-olam ma’no mujassam. Zero, biz Vatanni onaga qiyoslaymiz va Ona-Vatan deb ataymiz. Onamizni qancha avaylasak, qancha ardoqlasak, Vatanni ham shunday ardoqlaymiz va faxrlanamiz. Vatan deb jonini qurbon qilgan vatandoshlarimiz haqqi-hurmati, vatanni yovlardan asraguvchi, har bir tuprog‘ini ko‘ziga tutiyo qiluvchi Qurolli kuchlarimiz haqqi-hurmati Vatan biz uchun yagona, Vatan biz uchun muqaddas maskandir. Ana shunday muqaddas maskanni asrab-avaylash va unga sodiq bo‘lish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.  “Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi bilan barchangizni 524-safarbarlik chaqiruv batalyoni harbiylari nomidan chin yurakdan tabriklaymiz!” – deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tib yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.