YOSHLAR ORASIDA JINOYATCHILIKNI VA HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH

 

2020 yil 9 yanvar kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar orasida jinoyatchilikni va huquqbuzarlikni oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Unda Samarqand viloyati IIB huquqbuzarliklar proflikatsiyasi boshqarmasi boshlig‘i S.Mirsaidov,Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti psixologi S.Otayorov va institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar qatnashdilar.Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga “Yoshlar orasida jinoyatchilikni va huquqbuzarlik” tushunchasi, uni keltirib chiqaruvchi sabablar va hozirgi kunda bu kabi salbiy illatni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish.