SAMDAQIDA OLIMA AYOLLARNING 2-SONLI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xotin-qiz professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan yosh olimalarga SamDAQI olima ayollari ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo‘lida mavzusida seminar tashkil etildi.Seminarda institut xotin-qiz professor-o‘qituvchilari, yosh olimalar o‘rtasida kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokama qilindi.Fakultetlardagi ilmiy ishlarning holati to‘g‘risida, institut xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti fakultet xotin-qizlar yetakchilarining xisobotlari o‘rganib chiqildi.
SamDAQI “Olima ayol” uyushmasining raisi Sitorabonu Sadikova xorijiy ilmiy jurnallarga, xususan Scopus ro‘yhatiga kirgan nashrlarda, institut ayollarining ilmiy maqolalarini chop etish, uning muammolari va shu haqida tavsiyalar berib o‘tdi.