OTM REKTORLARI TOSHKENTDA YANGI OCHILGAN IKKITA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR

 

4 yanvar kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov boshchiligida respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiallari direktorlari, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlaridan iborat delegatsiya Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshlagan ikkita ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishdi.Oliy ta’lim tizimi delegatsiyasi dastlab Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi farmoyishi bilan tashkil etilgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib ko‘rdi.Ijod maktabida yaratilgan shart-sharoit va o‘quv jarayonlari bilan tanishish asnosida vazir oliy ta’lim muassasalari ijod maktablari bilan yaqindan hamkorlik qilishga, yosh iqtidor egalarini rag‘batlantirish doimo tayyorligini ma’lum qildi.Shundan so‘ng guruh a’zolari Toshkent shahridagi yana bir yangi ta’lim maskani — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan ham tanishdilar.Delegatsiya bu yerda o‘quvchi iqtidorini namoyon qilish uchun yaratilgan butun bir majmua: zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalari, ilg‘or pedtexnologiya va innovatsion metodlardan foydalangan holda darslarning olib borilishi, darsdan tashqari paytda bola iqtidorini rivojlantirish uchun yo‘lga qo‘yilgan tizim, o‘quvchilar turar joylarida keng imkoniyatlar yaratilganligiga guvoh bo‘lishdi.Tashrif davomida Inomjon Majidov maktabda o‘quvchi vaqtini to‘g‘ri taqsimlash va dars jarayonlarini samarali olib borish, qolaversa, o‘quvchining iqtidorini rag‘batlantirish maqsadida ular bilan individual ishlashni yo‘lga qo‘yishda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan yaqindan hamkorlik qilishni taklif qildi.