BUGUN SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTIDA REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI
SamDAQI rektori Sultan Ilyasovich Axmedov, yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor Orif Bolikulovich Xaitov, yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari va 220 ta guruh sardorlari ishtirok etdilar.
Yig'ilishda SamDAQI rektori, 2019 yil 27 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvi haqida, Yoshlar Ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tuzilishi, "Yoshlar media xoldingi" tashkil etish taklifi, 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo'lishi, yoshlarga berilayotgan va yaratilayotgan imkoniyatlar to'g'risida gapirib yig'ilishni ochib berdi.
Bundan tashqari yig'ilishda asosiy masalalardan biri korrupsiyaning oldini olishga qaratildi.Shundan so'ng talabalar tomonidan quyidagicha berilgan taklif va muammolar muhokama qilindi.
SamDAQI ham kredit-modul tizimiga o'tishi, ya'ni talabalar 5 kunlik o'qish va shanba mustaqil ta'lim kuni deb belgilanishi;
SamDAQI talabalari katta qurilish korxona va tashkilotlari, zamonaviy qurilayotgan obyektlarda o'zlari ishtirok etib amaliyot o'tashini;
Sessiya davomida talabalar o'qigan barcha fanlardan yakuniy imtihonlar topshirish davrida faqatgina mutaxassislik fanlaridan yakuniy sessiya imtihonlarini topshirishlarini so'rab takliflar berishdi.