YANGI YILNI YANGI REJALAR BILAN.
Bugun Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Orif Xaitov boshchiligida ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Xotin qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti, SamDAQI yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, institut psixologi, talabalar turar joylari tarbiyachilari bilan birgalikda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda 2019 yilda bajarilgan ishlar va kamchiliklar hamda yangi yilda rejalar, taklif va loyihalar ko‘rib chiqildi.
Xabaringiz bor Davlat attestatsiyasi kelishi munosabati bilan institut fakultetlarining ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy sohasini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilib institut fakultetlari va kafedralarida keyingi 3 yil davomida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy sohalarda olib borilgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani haqida xabar bergan edik. O‘rganish ishlari yuzasidan ayrim fakultet kafedralarida olib borilgan ishlar tanqid qilindi.Bundan tashqari guruh murabbiylarining faoliyati to‘g‘risida, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar, xususan besh tashabbus doirasida talaba yoshlar orasida tanlovlar, sport va san’at bellashuvlarini o‘tkazish, korrupsiyaning oldini olish to‘g‘risida gapirib o‘tildi.
Shu o‘rinda yig‘ilish qatnashchilaridan talabalar orasida kitobxonlik bellashuvlarini belgilangan nizom asosida tashkil etib, yil oxirida ularni e’tirof etish va moddiy rag‘banlantirish, xuddi shunday yil davomida o‘qituvchilar orasida ham "Yil kitobxoni"ni aniqlash kabi ajoyib takliflar bildirib o‘tildi.
Kelib tushgan takliflarga ko‘ra Orif Xaitov tashabbusi bilan “Yil e’tirofi” deb nomlangan katta tadbir loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Unda barcha ijodkor va faol talaba va professor-o‘qituvchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishi hamda moddiy rag‘banlantirilishi taklifi ko‘rib chiqildi.
Oldinda sizni qiziqarli tadbirlar va tanlovlar kutmoqda, bizdan uzoqlashmang, bizni kuzatib boring.