SAMDAQI MA’MURIYATI VA YOSHLARI NOMIDAN TASHAKKURNOMA TOPSHIRILDI
O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 13 dekabrdagi F-5529-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash, o‘quvchi va talaba-yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy vatanpararlik oyligini samarali tashkil etish maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ma’muriyati 14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan institut hududida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatannni!” shiori ostida o‘tkazgan tadbirni harbiy texnikalar va zamonaviy qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi bilan yuqori saviyada o‘tkazishga yaqindan yordam berganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand viloyati boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Po‘latov Jahongir Yarkinbayevich tashakkurnoma bilan taqdirlandi.