ODAMIYLIK SABOQLARI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 1-sonli talabalar turar joyi faollar zalida talabalar bilan “Odamiylik saboqlari” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Yoshlar bilan ishlash prorektori Orif Xaitov, institut psixolog Sardor Otayorov, tarbiyachi-pedagog Xolbo‘ta Xo‘janov, talabalar turar joyi boshqaruvi raisi Shavkat Xodjiyevlar ishtirok etdi.So‘zga chiqqan Orif Xaitov talabalarni ta’limda korrupsiyani oldi olish, odob-axloq qoidalari haqida, shuningdek yaqinda kapital ta’mirdan chiqqan talabalar turar-joylarida yangi jihozlarni asrab avaylab foydalanish haqida yana bir bor eslatib o‘tdi. Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus xonalarida faoliyat yuritayotgan kompyuter savodxonligi, shaxmat-shashka,tennis to‘garaklarida ham talabalarni faol ishtirok etishga da’vat etdi. Shundan so‘ng, talabalarning fikr-mulohazalari va takliflarini eshitdi.Talabalar futbol maydonchasida shug‘ullanish uchun ayrim muammolar borligi haqida murojaat qilishdi va bu murojaat joyida hal etildi.