Institutning ichki tartib qoidalari: V.O’qish va dam olish vaqtini tartibga solish talablari

V. O’qish va dam olish vaqtini tartibga solish talablari

5.1. Institutda o’quv mashg’ulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan o’quv rejasi asosida tuzilgan dars jadvali bo’yicha olib boriladi.
5.2. Talabalarga o’quv yili davomida ikki martadan kam bo’lmagan miqdorda umumiy davomiyligi o’quv rejalarida tasdiqlangan muddatga teng ta’til belgilanadi.
5.3. Dars jadvali semestr uchun tuziladi va semestr boshlanishidan 10 kundan kechiktirmay osib qo’yiladi. Fakultativ mashg’ulotlar o’tkazish uchun alohida jadval tuziladi.
5.4. Akademik soatning davomiyligi 40 minut (tanaffussiz qo’shma dars 80 mi­nut), o’quv mashg’uloti boshlanishi va tugashi haqida o’qituvchi va talabalar qo’ng’iroq bilan ogohlantiriladi. Har juftlik mashg’ulotlar o’rtasida 10 minut tanaffus belgilanadi.
5.5. O’quv kuni davomida tushlik ta­naffus 40 minutdan oshmasligi kerak. Dars boshlangandan keyin barcha o’quv xonalarida tinchlik va tartib ta’minlanishi lozim. O’quv mashg’ulotlarini bo’lish, dars paytida auditoriyaga sababsiz kirish va chiqib ketishga yo’l qo’yilmaydi.
5.6. Har bir o’quv mashg’uloti boshlangunga qadar (mashg’ulotlar orasidagi tanaf­fus paytida) auditoriya, laboratoriya, o’quv ustaxonalari va kabinetlarida laborantlar zarur o’quv qo’llanmalar va uskunalarni darsga tayyorlaydilar.
5.7. Auditoriya, laboratoriya, o’quv ustaxonalarida amaliy mashg’ulotlar o’tish uchun har bir kurs ikki guruhga bo’linadi. Talaba­lar guruhining tarkibi amaliy mashg’ulotlar xarakteridan kelib chiqib tegishli buyruq asosida belgilanadi.
5.8. Har bir guruhda fakultet dekani tomonidan intizomli va darsga ulguruvchi talabalar ichidan guruh rahbari (sardori) belgilanadi.
Guruh rahbar (sardor)i bevosita fa­kultet dekani, dekan muovinlari va guruh murabbiysiga bo’ysunadi, o’z guruhida ularning barcha ko’rsatma va buyruqlarini bajaradi.
5.9. Guruh rahbari (sardori)ning vazifasiga quyidagilar kiradi:
a) o’quv mashg’ulotlarining hamma turlari bo’yicha talabalarni shaxsan hisobga olish;
b) har kuni fakultet dekaniga darsga kelmagan va kechikkan talabalar to’g’risida, ularning sabablarini ko’rsatgan holda ma’lumot berish;
v) ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslarida guruhda o’quv fanining borishini kuzatish shuningdek, o’quv uskunalari va jihozlarning saqlanishi haqida javobgarlik;
g) guruh talabalari o’rtasida darslik, o’quv qo’llanmalarini o’z vaqtida olish va tarqatishni tashkil qilish;
d) fakultet dekani tomonidan mashg’ulotlar jadvaliga kiritilgan o’zgarishlarni talabalarga yetkazish;
ye) har kuni tartib bo’yicha guruh navbatchisini belgilash;
j) guruh talabalarining stipendiyalarini o’z vaqtida olinishini nazorat qilish;
Guruh talabalari uchun guruh rahbari (sardor)ning yuqorida ko’rsatilgan vazifalari dekanning buyrug’i asosida yetkaziladi.
5.10. Har bir guruh uchun belgilangan shakldagi guruh jurnali shakllantirilib, unda barcha darslar bo’yicha darsga kelmagan talabalar guruh rahbari (sardori) tomoni­dan belgilab boriladi. Mazkur jurnal dekanatda saqlanadi. Har kunlik darslar boshlanishi oldidan guruh rahbari (sardori) dekanatdan jurnalni olib, shu kuni darslar tugagach dekanatga topshiradi.
5.11. 
Auditoriya, laboratoriya va o’quv xonalaridagi jihozlar va boshqa ashyolar butligi, mavjudligi va yaroqli holdaligi uchun guruhning barcha talabalari moddiy javobgardirlar.