Institutning ichki tartib qoidalari: XII. Yakuniy qoidalar
XII. Yakuniy qoidalar
12.1. Nizolarni hal etish tartibi
12.1.1. Har bir xodim va ta’lim oluvchi qonunchilikda mazkur qoidalarda, institutning boshqa lokal xujjatlarida hamda mehnat va mutaxassis tayyorlash bo’yicha shartnomalarida ko’zda tutilgan xuquqlarni himoya qilish shu jumladan, sudga murojaat qilish xuquqiga egadir.
12.1.2. O’zining xuquqlarini buzilgan deb hisoblovchi xodim va ta’lim oluvchi mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo’mitasi orqali ish beruvchiga og’zaki yoki yozma shaklda murojaat qilishga haqlidir. Xodimning murojaati qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda ro’yxatga olinishi kerak.
12.1.3. Yozma javob xodimga uning murojaati moxiyatiga ko’ra, bevosita ko’rib chiqilgandan keyin yuboriladi.
Mehnat sharoitlarini o’zgartirish to’g’risidagi murojaatga javob xodimga bunday o’zgarishga bo’lgan xuquq qonunda ko’zda tutilgan uch kundan kechiktirmay jo’natilishi kerak.
Xodim bilan ish beruvchi o’rtasida ko’rsatilgan holdagi ixtilof paytida yoki ish beruvchining javobidan qoniqmaganda xodim o’zining tanlashiga ko’ra mehnat nizosini hal etish uchun mehnat nizolari bo’yicha komissiyaga (bundan keyin MNK) yoki bevosita sudga shuningdek, vakolatiga kiradigan institut xodimlarini himoya qilish boshqa organlarga murojaat qilishga haqlidir.
12.1.4. Xodim tomonidan berilgan ariza MNKda ro’yxatga olinadi va ariza bergan xodim ishtirokida u berilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay ko’rib chiqiladi. Xodimning arizasini ko’rib chiqishda ishtirok etmasligiga faqat uning yozma arizasiga ko’ra yo’l qo’yiladi. Komissiyaning majlisiga xodim uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda mazkur arizani ko’rib chiqmaslik to’g’risida qaror kabul qilishi mumkin, bu esa xodimni qaytadan ariza topshirish huquqidan mahrum qilmaydi.
12.1.5. MNK qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi MNKning qarori ko’chirma nusxasini olgandan keyin 10 kun ichida sudga murojaat qilishi mumkin.
12.1.6. Xodim sudga yoki MNKga quyidagi muddatlarda murojaat qilishga haqlidir:
ishga tiklash to’g’risidagi nizolar bo’yicha xodimga u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruqning ko’chirma nusxasi topshirilgan kundan boshlab ko’pi bilan bir oy ichida;
boshqa nizolar bo’yicha xodim o’z xuquqining buzilgani to’g’risida bilgan yoki bilishi kerak bo’lgan kundan boshlab uch oydan kechiktirmay;
xodimning sog’ligiga yetkazilgan zararni to’lash to’g’risidagi nizolar bo’yicha sudga murojaat qilish muddati belgilanmaydi.