Institutning ichki tartib qoidalari:III.Xodimlar va ta’lim oluvchilarning huquq va majburiyatlari

III.Xodimlar va ta’lim oluvchilarning huquq va majburiyatlari.

            3.1.O’quv ishlari bo’yicha prorektor:

3.1.1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, karorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-xuquqiy xujjatlarini, ko’rsatmalarini amalga oshirish;
3.1.2. Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar, kafedra mudirlari va pedagog kadrlar tomonidan to’liq o’zlashtirilishini tashkil etish;
3.1.3. O’quv jarayonlariga oid masalalar bo’yicha institutning Ilmiy kengash qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
3.1.4. Ilg’or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o’rganish, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa ta’limga oid normativ-xuquqiy xujjatlarda ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarini ishlab chiqishni tashkil etish va ularni amalga oshirilishini ta’minlash;
3.1.5. O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
3.1.6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “ O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot – kommunikasiya tizimlarini yanada rivojlantirish choralari to’g’risida”gi PQ – 1989 – sonli Qarorining ijrosi bo’yicha institut miqyosida “Ta’lim” axborot tizimlari majmuasini shakllantirish;
3.1.7. Institut ta’lim jarayoniga moodle  masofiy o’qitish tizimi  ( www. moodle.samgasi.uz)ni joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
3.1.8. Barcha ta’lim yo’nalishlarini o’quv reja va dasturlari bilan ta’minlash;
3.1.9. Uslubiy kengashga rahbarlik qilish, o’quv jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, dekanatlarning ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
3.1.10. O’quv-uslubiy bo’limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishiga rahbarlik qilish;
3.1.11. Talabalarning o’quv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish;
3.1.12. O’tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o’qituvchilar tomonidan shaxsiy ish rejalarining mazmuni bo’yicha javob berish hamda bajarilishi ustidan nazorat olib borish va bajarilishini ta’minlash;
3.1.13. O’quv rejalarini takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash;
3.1.14. O’quv va uslubiy konferensiyalarni tashkil etish, institutning uslubiy komissiyasi kengash ishlariga rahbarlik qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
3.1.15. Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor bilan hamkorlikda talabalarni Respublika va halqaro miqyosdagi olimpiada tanlovlariga maqsadli tayyorlash, olimpiada natijalarini tahlil qilish, talabalarni Prezident va davlat stipendiyalariga tayyorlash ishlarini uzluksiz shaklda tashkil etish va boshqarish;
3.1.16. Talabalar bilimini baholashning zamonaviy reyting tizimlarini tatbiq etish, talabalar bilimlarini obyektiv baholashni tashkil etish;
3.1.17. Fanlarni o’zlashtira olmayotgan talabalarni institutdan chetlashtirish, o’qishdan chetlashtirilganlarni o’rnatilgan tartibda qayta tiklash, tala­balarni kursdan-kursga o’tkazish, stipendiya tayinlash ishlarini tashkil etish hamda nazoratga olish;
3.1.18. O’quv mashg’ulotlari jadvalini tuzish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish, kafedralarning o’quv yuklamalari va yillik hisobotlarini tahlil qilish, o’quv jarayonini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
3.1.19. Talabalarni mustaqil ta’lim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarni tatbiq etishni tashkil qilish;
3.1.20. Professor-o’qituvchilar va o’quv jarayoniga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo’yicha takliflarni ishlab chiqish, kafe­dralar, bo’limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish, kafedra mudiri va fakultet dekani lavozimlariga istiqbolli yoshlarni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
3.1.21. Pedagog kadrlarni vakant lavozim­lariga tanlov asosida ishga qabul qilishni tashkil etish, katta ilmiy xodim izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo’yicha takliflar tayyorlash;
3.1.22. O’quv xonalaridan unumli foydalanish masalalari bo’yicha takliflar ish­lab chiqish;
3.1.23. Birinchi kursga talabalikka qabul qilish ishlarini tashkil qilish, dekanlarning talabalarni o’qishdan chetlashtirish, akademik ta’til berish to’g’risidagi takliflarini ko’rib chiqish;
3.1.24. Institut Ilmiy kengashi rejasi asosida o’quv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda sifatli tayyorlash­ni tashkil qilish;
3.1.25. Talabalar amaliyotlarini tash­kil etish va o’quv ishlarni ishlab chiqarish korxonalari bilan integrasiyasini tashkil etish;
3.1.26. O’quv-uslubiy hisobotlarni bel­gilangan shakllarda rektoratga taqdim etishni ta’minlash;
3.1.27. O’quv jarayonlarini samarali va sifatli tashkil etish bo’yicha kafedralar faoliyatini nazorat qilish, kafedra mudirlari xisobotini eshitganda,  o’z sohasi bo’yicha xulosa beradi;
3.1.28. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi majlisining 2015 yil 29 sentyabrdagi 32 – son bayoni ijrosini ta’minlash yuzasidan besh yillik muddatga saylangan pedagog xodimlar faoliyatini har bir o’quv yili bo’yicha har tomonlama o’rganish va o’rganish natijalarini institut ilmiy Kengashida ko’rib chiqish bo’yicha taklif kiritish;
3.1.29. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ – 1875 – sonli “ Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi  Karoriga muvofik institut pedagog kadrlarining kasbiy faoliyatida chet tillarni qo’llash uchun amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishini ta’minlash;
3.1.30. VAzirlar Maxkamasining 2010 yil 1 dekabrdagi “Ta’lim muassasalari va Internet tarmog’idan foydalanishning tayanch ko’nikmalariga ega bo’lishlarini ta’minlash bo’yicha kompleks chora – tadbirlar” Dasturi ijroosini ta’minlash yuzasidan institutdagi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot – kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy qilinishini tashkil etish;
3.1.31. Institutni o’rnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan o’tkazish, tashqi attestasiyaga tay­yorlash va o’tkazishda faol ishtirok etish;
3.1.32. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fan kafedralarining uslubiy va informasion materiallar bilan (adabiyot, qo’llanma va h.k.) ta’minlash, professor-o’qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini o’rganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash;
3.1.33. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarori «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o’quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-xuquqiy xujjatlarda qo’yilgan maqsad va vazifalarga shuningdek, o’zining xizmat vazifalariga rioya etish.

           3.2. Ma’naviy-axloqiy va tarbiya ishlari bo’yicha  prorektor:
3.2.1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-xuquqiy xujjatlarini, ko’rsatmalarini amalga oshi­rish;
3.2.2. Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo’lgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyor­lashni ta’minlash;
3.2.3.Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularni institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol qatnashishlarini ta’minlash;
3.2.4. Talabalar ongiga milliy g’oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy  tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni boshqarish va izchil takomillashtirib borish;
3.2.5. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish;
3.2.6. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy  xujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;
3.2.7. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini talabalarga, professor-o’qituvchilarga va xodimlarga o’z vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun doimiy xuquqiy savodxonlikni oshirish maxsus kurslarini tashkil etish, turli mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob kechalarini uyushtirish;
3.2.8. Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha qabul qilgan xujjatlarini institut jamoasiga o’z vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
3.2.9. Institut jamoasida, professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratish;
3.2.10. Talabalarda ma’naviy boqimandalik kayfiyatini yo’qotish va ularda o’z tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish;
3.2.11. Xuquqiy  tarbiyani  amalga oshirish va xuquqbuzarlikning oldini olish maqsadida xuquq-tartibot idoralari bilan  hamkorlikda  ishlash;
3.2.12. Mamlakat va halqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikka, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etish;
3.2.13. Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo’llanmalar tayyorlash hamda ularnn chop ettishni yo’lga qo’yish;
3.2.14. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fan kafedralarining uslubiy va informasion materiallar bilan (adabiyot, qo’llanma va h.k.) ta’minlash, professor-o’qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini o’rganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash;
3.2.15. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan yakuniy davlat attestasiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish bo’yicha tegishli takliflar tayyorlash;
3.2.16. Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishni tashkil qilish bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish, ijodiy-badiiy, sport-sog’lomlashtirish  to’garaklarini tashkil etish;
3.2.17. Institut sport klublari faoliyatini takomillashtirish, talabalarni sport turlari bo’yicha tayyorlash, «Universiada» sport musobaqalarida faol qatnashishini ta’minlash;
3.2.18. Institutda talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;
3.2.19. Talabalar orasida badiiy adabiyotni, xususan O’zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni o’qish va o’rganish ishlariga alohida e’tibor berish. Shu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko’rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g’oliblarni rag’batlantirish. Institut axborot resurs markazini turli badiiy, publisistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib borish;
3.2.20. Institut sport-sog’lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;
3.2.21. Kam ta’minlangan, ko’p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha muntazam ish olib borish;
3.2.22. Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg’armalari, mahallalar bilan fakultetlar va institutning hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish;
3.2.23. Ko’p nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlash, ularda institutda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy yoritib borish;
3.2.24. Konkurslar, festivallar, badiiy havaskorlik to’garaklari ko’riklarini va olimpiadalarni muntazam o’tkazishni tashkil etish;
3.2.25. Respublika, viloyat va shahar miqyosida bo’ladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-o’qituvchilar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash;
3.2.26. Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo’nalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar kiritish;
3.2.27. Professor-o’qituvchilar va talabalar munosabatida odob-ahloq me’yorlari va yuqori muomila  madaniyatini tarkib toptirish;
3.2.28. O’zbekiston Respublikasi Institut xodimlari, talabalarini chet elga yuborish, shuningdek, institutda elchixonalar, chet el tashkilotlar hamda chet mamlakatlarning vakillari ishtirokida tadbirlarni (seminar, uchrashuv, suhbat va h-k.) o’rnatilgan tartibda o’tkazilishini ta’minlash;
3.2.29. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarori «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o’quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-xuquqiy xujjatlarda qo’yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o’zining xizmat vazifalariga rioya etish.

                3.3. Ilmiy ishlar bo’yicha  prorektor:
3.3.1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-xuquqiy xujjatlarini, ko’rsatmalarini amalga oshirish;
3.3.2. Institutning muammoli il­miy laboratoriya, kafedra va boshqa ilmiy bo’linmalarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazoratini olib borish hamda ilmiy loyihalar va grantlarni jalb etish, tadqiqot ishlarining natijaviy samaradorligi yuzasidan muntazam monitoring olib borish, ishlab chiqarish korxonalari bilan innovasion hamkorlikni yo’lga qo’yish, innovasiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish masalalarini hal qilish, ilmiy-texnologik ishlanmalarni turli yarmar­ka va ko’rgazmalarda taqdimot etilishini ta’minlash;
3.3.3. Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to’plamlarini muassasa xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda muassasaning barcha ta’lim va ilmiy faoliyati yo’nalishlari bo’yicha  ilmiy-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to’ldirib borish bo’yicha  umumiy rahbarlikni olib borish;
3.3.4. Ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o’tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlarda institut professor-o’qituvchilari va xodimlarining qatnashishini ta’minlash, institutda ilmiy maktablarni shakllanishiga ko’maklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag’batlantirish ishlarini olib borish;
3.3.5. Institutda magistratura, katta ilmiy xodim izlanuvchi  va mustaqil izlanuvchilar faoliyatini rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishini ta’minlash hamda institut xodimlarining o’z vaqtida ilmiy daraja va unvonlarni olishiga va ixtisoslashgan kengashlarni ochilishiga ko’maklashish;
3.3.6. Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish;
3.3.7. Halqaro aloqalar bo’limi bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini va mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o’tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish;
3.3.8. Talabalarni Respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiada tanlovlariga maqsadli tayyorlash, olimpiada natijalarini tahlil qilish
3.3.9. Magistrlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, talabalar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Beruniy, Zulfiya va boshqa nomdor nufuzli stipendiya (R.R. Abdurasulov, akademik T.Sh.Shirinkulov) sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
3.3.10. Institutda ilmiy faoliyatni  rivojlantirish uchun zarur moddiy texnika bazasini yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
3.3.11. Konkurslar, festivallar, badiiy havaskorlik to’garaklari ko’riklarini va olimpiadalarni muntazam o’tkazishni tashkil etish;
3.3.12. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarori “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institut Ustavi, ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor bo’yruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-xuquqiy xujjatlarda qo’yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o’zining xizmat vazifalariga rioya etish.
3.3.13. Institutda xususiyati, yo’nalishi, mutaxassisligi, ilmiy yo’nalishlaridan kelib chiqqan xolda fan va ishlab chiqarishning o’zaro innovasion hamkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish.
3.3.14. Yoshlarning ijodiy va intellektual saloxiyatini amalga oshirish uchun shart – sharoitlar yaratish. Talabalar va magistrantlarning amaliyot va stajirovka o’tashlari uchun hamkorlik o’rnatgan korxonalar bilan shartnomalar tuzish.

           3.4. Moliya va iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektor:
3.4.1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, karorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-xuquqiy xujjatlarini, ko’rsatmalarini amalga oshirish;
3.4.2. Institutning moliya-iqtisodiyot ishlarini boshqarish va muvofiqlashti-rish;
3.4.3. Reja-moliya bo’limi, buxgalteriya, xo’jalik, shuningdek, rektor buyrug’i asosida biriktirilgan boshqa bo’limlar ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;
3.4.4. Qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
3.4.5. Institutning mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo’shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o’qitish kurslari, ijara, homiylik, divident va h.k.) yo’lga qo’yish orqali byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o’qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag’batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
3.4.6. Talabalarni to’lov-kontrakt asosida o’qitishdan tushgan byudjetdan tashqari mablag’lar va boshqa maxsus byudjetdan tashqari mablag’larni shakllantirish;
3.4.7. Davlat byudjeti, talabalarni to’lov-kontrakt asosida o’qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag’larning daromadlar va xarajatlar smetalarini ishlab chiqish;
3.4.8. Institut xarajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy xo’jalik faoliyati, valyuta operasiyalarini hisobini olib borilishini nazorat qilish;
3.4.9. Institutning o’quv laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshoatlarni kuz-qish mavsumi va yangi o’quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
3.4.10. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida institut moddiy texnika bazasi holatini e’tiborga olib  uni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;
3.4.11. Institutga investisiyalarni jalb qilish bo’yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshootlarni re­konstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari bo’yicha loyiha-smeta xujjatlarini ko’rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
3.4.12. Shtat, byudjet va xisob intizomiga to’g’ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisobotini nazoratini tashkil qilish;
3.4.13. Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lardan, shuningdek, kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
3.4.14. Institutning professor-o’qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to’lash sharoitlarini yaxshilash, buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o’rnatilgan tartibda amalga oshirish;
3.4.15. Institutning professor-o’qituvchilari va xodimlari oylik maoshlari , pensiya va talabalar stipendiyalarini o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash;
3.4.16. Shartnoma asosida o’qiyotgan talabalardan o’qish uchun to’lovlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish;
3.4.17. Qurilish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish, qora va rangli metall chiqindilarini yig’ish va topshirish rejasining bajarilishini ta’minlash;
3.4.18. Mavjud bino va inshoatlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishla­ri loyiha-smeta xujjatlarini ko’rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
3.4.19. Talaba va xodimlarni favquloddagi holatlarda hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tadbirlar rejasini tu­zish va uning bajarilishini ta’minlash;
3.4.20. Institut binolarini barqarorligini ta’minlash, yong’inga qarshi kurash jihozlari bilan ta’minlash, ularning sanitar-gigiyenik holatlarini talab darajasida tutishni ta’minlash;
3.4.21. Talabalar oshxonalari, bufetlari, sport-sog’lomlashtirish majmuasi, tibbiy punktlar ishlarini rejasini tuzish va ularning ishlashini ta’minlash, talaba­lar turar joyi ehtiyojlarini doimiy ta’minlab borish;
3.4.22. Institutda madaniy-hordiq chiqarish tadbirlarini tashkil etish;
3.4.23. O’qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o’quv auditoriyalarda tashkil qilish;
3.24. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarori «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq, ijro intizomiga, mehnat va o’quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-xuquqiy xujjatlarda qo’yilgan maqsad va vazifalarga shuningdek, o’zining xizmat vazifalariga rioya etish.

            3.5. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorek­tor:
3.5.1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, karorlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mah­kamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish;
3.5.2. Institut va aka­demik lisey va kasb-hunar kollejlari bi­lan o’quv, metodik, ilmiy va professional aloqalarni tashkil etish va rivojlantirish;
3.5.3. Institut professor-o’qituvchilarni akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o’quv jarayoniga jalb etish;
3.5.4. Ilg’or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o’rganish, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarini ishlab chiqishi va ularni amal­ga oshirilishini ta’minlash;
3.5.5. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini institutga kirish va ish bilan ta’min­lash ishlariga ko’maklashish;
3.5.6. O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari joriy etish va ulardan samarali foydalanishda oliy ta’lim muassasasi, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari hamkorligini tashkil etish;
3.5.7. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o’quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq, darsliklar va o’quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishida hamkorlikni tashkil etish;
3.5.8. Akademik lisey va kasb-xunar kollejlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda hamkorlikni tashkil etish;
3.5.9. Akademik lisey va kasb-xunar kollejlarida samarali o’quv jarayonini ta’minlash uchun institut bilan hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
3.5.10. Darslik, o’quv-uslubiy majmualar ta’minoti ishlarida hamkorlikni tash­kil etish;
3.5.11. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o’quv rejalarini takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash, darsliklar, o’quv qo’llanmalarni tayyorlash bo’yicha ishlarni tashkil etish;
3.5.12. O’quv va uslubiy konferensiyalarni tashkil etish, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilarini pedagogik mahoratni oshirish ishlarida salohiyatini jalb qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
3.5.13. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o’quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni tex­nik jihozlashni takomillashtirish masalalarida hamkorlik rejalarini ishlab chiqish;
3.5.14. Ta’lim mazmunini takomil­lashtirish, mutaxassis kadrlarni halqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida, chet mamlakatlar turdosh akade­mik lisey va kasb-hunar kollejlari bi­lan hamkorlikda kafedralar tashkil etish bo’yicha takliflar tayyorlash;
3.5.15. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan o’quv-uslubiy yo’nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, kon­ferensiya, seminarlarda institut professor-o’qituvchilarining faol ishtirokini ta’minlash;
3.5.16. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarini o’rnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan o’tkazish, tashqi attestasiyaga tayyorlash va o’tkazishda faol ishtirok etish;
3.5.17. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarori «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq, ijro intizomiga, mehnat va o’quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rek­tor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-xuquqiy xujjatlarda qo’yilgan maqsad va vazifalarga shuningdek, o’zining xizmat vazifalariga rioya etish.

            3.6. Fakultet dekani:
3.6.1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, karorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyor­lash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-xuquqiy xujjatlarini, ko’rsatmalarini amalga oshirish;
3.6.2. Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonuniy  farmoyishlari va ko’rsatmalarini o’z vaqtida  aniq bajarish;
3.6.3. Mehnatni muhofaza qilish, xavf­sizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanita­riyasiga doir qoidalarga rioya qilish;
3.6.4. Institutning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo’lish va undan oqilona foydalanish;
3.6.5. Institut jamoasi a’zolari (ma’muriyat, xodimlari, talabalari) va ish jara­yonida munosobatda bo’ladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo’lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
3.6.6. Fakultetda o’quv-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga rahbarlik qilish, tarbiyaviy ishlarni tash­kil qilish;
3.6.7. Fakultetni tamomlaganlar yosh mutaxasislar bilan aloqa o’rnatish, ularning amaliy ishlari sifatini tahlil qilish;
3.6.9. O’z vakolati doirasida, fakultetning barcha xodimlari, talabalari va boshqa tinglovchilar uchun majburiy bo’lgan farmoyish, yo’riqnoma yoki ko’rsatmalar berish;
3.6.10. Ta’lim mazmunini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish;
3.6.11. Fakultetda o’qitiladigan fanlarning mazmunan va o’quv auditoriya soatlari hajmi bo’yicha zamonaviy axborot texnologiyalari uslublari, yangilik va boshqalar bilan boyitish choralarini ko’rish;
3.6.12. Ta’lim tizimida axborot-resurs manbalari bazasini kengaytirish va yangilab borish;
3.6.13. Ta’limni rivojlantirish bo’­yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivoj­lantirish va istiqboli rejalarini tuzish;
3.6.14. Talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va foydali mehnat mashg’ulotlari bilan shug’ullanishlarini ta’minlashga yo’naltirgan tadbirlar tashkil etish, talabalarni har hil norasmiy oqimlarga qo’shilib qolishlarining oldini olish;
3.6.15. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi normativ-xuquqiy xujjatlarida qo’yilgan talablar asosida talabalarning haftalik o’quv yuklamalari va mustaqil ish soatlari hajmini o’qitiladigan fanlar tizimiga muvofiqlashtirish;
3.6.16. O’quv intizomini yaxshilash mexanizmini yanada takomillashtirish, ta­labalar faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarini amaliyotga tadbiq qilish;
3.6.17. O’quv-tarbiya tizimiga yangi axbo­rot texnologiyalarining joriy etilishini nazorat qilish;
3.6.18. Fakultet ilmiy-uslubiy kengashi qoshida ustozlar tajribasini o’rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o’qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo’yicha seminarlar tashkil etish;
3.6.19. Institut va fakultet Ilmiy kengashi qarorlarining bajarilishini na­zorat qilish;
3.6.20. O’quv-tarbiya jarayoni hamda tala­balarning bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertasiyasi va amaliyoti ustidan na­zorat qilish;
3.6.21. O’quv mashg’ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qilish, uning bajarilishini nazorat qilish, talabalar davomati uchun mas’ullik;
3.6.22. Talabalarning mustaqil ishi, shuningdek, ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etish;
3.6.23. Talabalarni kursdan kursga o’tkazish, davlat attestasiyasiga, bitiruv ma­lakaviy ishlarini va magistrlik dissertasiyasini himoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash, ismi, sharifi, familiyasini o’zgartirgan talaba­lar to’g’risida buyruq loyihalarini tayyorlash, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli Nizomlarida ko’zda tutilgan hollarda ma’muriyat tashabbusi bilan talabalar safidan chetlashtirishga tavsiya berish, fakultetda xorijiy talabalar mavjud bo’lgan hollarda, ular bilan ishlashni institutning halqaro aloqalar bo’limi bi­lan kelishilgan holda amalga oshirish;
3.6.24. Iqtidorli talabalarni izlash va ular bilan ishlash, ularni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomdor stipendiyalar, «Iste’dod» jamg’armasi hamda fanlar bo’yicha o’tkaziladigan olimpiada tanlovlarida ishtirok etishga tayyorlash tadbirlarini tashkil etish;
3.6.25. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ijodiy faoliyatini ro’yobga chiqarishi uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
3.6.26. Katta ilmiy-xodim izlanuvchilar va doktorantlarni tayyorlash, professor-o’qituvchilar malakasini oshirish bo’yicha ishlarni muvo­fiqlashtirish, alohida o’rnak ko’rsatganlarni turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etish;
3.6.27. Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo’yicha, jum­ladan, xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, kompyuter savodxonligi bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etish;
3.6.28. Fakultet Ilmiy kengashiga rahbarlik qilish, kafedralararo yig’ilishlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalarni (shu jumladan, xorijiy mutaxassislar ishtirokida) tashkil etish;
3.6.29. Institutning marketing xizmati bilan hamkorlikda korxona va institutning fakultetda tayyorlanayotgan malakali mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini o’rganish shuningdek, pedagog kadrlar, talabalar va il­miy axborotlar bilan o’zaro almashish uchun boshqa ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarni o’rnatish;
3.6.30. Ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirishga javob berish, byudjetdan tashqari mablag’larni topish va ularni o’quv maqsadlarida foydalanishini amalga oshirish;
3.6.31. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qilish shu jumladan, fakultetga biriktirilgan talabalar turar joylarida;
3.6.32. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarini   murojaatlari to’g’risida»gi Qo­nunga muvofiq, fuqarolarni qabul qilish va belgilangan muddatda murojaatlarni ko’rib chiqish;
3.6.33. Institut xududidan fakul­tetga ajratilgan hududni obodonlashtirish ishlariga ishtirok etish va ko’kalamzorlashtirish;
3.6.34. Oliy ta’limga oid qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar va xuquqlardan foydalanish;
3.6.36. Dekan, xodimlarining chet el xizmat safarlari Vazirlikning 2005 yil 13 apreldagi 81-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi oliy ta’­lim  muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi to’g’risida»gi muvaqqat yo’riqnoma asosida amalga oshirilishiga to’la rioya qilish;
3.6.37. Dekan faoliyati O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 30 may 159-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasasi fakulteti to’g’risida»gi Nizom asosida amalga oshirishni ta’minlash;
3.6.38. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarori “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvo­fiq, ijro intizomiga, o’quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’­lim tizimiga doir normativ-huquqiy xujjatlarda qo’yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o’zining xizmat vazifalariga rioya etish.

Professor - o’qituvchilar (kafedra mudiri, professor, dosent, katta o’qituvchi, o’qituvchi, assistent):
3.7. Kafedra mudiri:
3.7.1. Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonuniy  farmoyish va ko’rsatmalarini o’z vaqtida  aniq bajarish;
3.7.2. Institutning mol-mulkini asrab-avaylash va undan oqilona foydalanish;
3.7.3. Institut jamoasi a’zolari (ma’muriyat, xodimlari, talabalari) va ish jarayonida aloqa bo’ladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo’lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
3.7.4. Institut miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
3.7.5. Kafedra ish rejasi, professor-o’qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa xujjatlarni tasdiqlash;
3.7.6. Kafedra pedagog xodimlariga o’quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o’z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
3.7.7. Kafedraga ishga olish, ishdan bo’shatish va xodimlarni yangi vazifalarga tayinlash, ularni moddiy va ma’naviy rag’batlanirish shuningdek, intizomiy chora qo’llash to’g’risida institut rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
3.7.8. Institutning tegishli xizmat bo’linmalaridan o’quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o’tkazish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;
3.7.9. Belgilangan tartib va muddatlarda o’quv yilidagi faoliyati bo’yicha ka­fedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;
3.7.10. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, ilmiy-tadqiqot ishlarini ishlab chiqarish muammolari bilan bog’lagan holda olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasini-innovasion hamkorlikni ta’­minlash;
3.7.11. Kafedra o’qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko’rib chiqish, tajribali o’qituvchilar faoliyatini o’rganish, umumlashtirish va ilg’or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlar­ni tashkil etish;
3.7.12. Zamonaviy pedagogik va axbo­rot-kommunikasiya texnologiyalarining joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishni boshlagan yosh o’qituvchilarga pedago­gik malaka va ko’nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o’quv mashg’ulotlarida zamonaviy o’quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o’qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish, masofali o’qitish elementlarini rivojlantirish;
3.7.13. Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo’yicha doktorlik dissertasiyalarini il­miy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim xujjatlarining me’yoriy talablarga javob berishini belgilash bo’yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
3.7.14. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ish, magistrlik dissertasiya mavzularini shakllantirish, byudjetdan tashqari tushadigan mablag’larni jalb etish shu­ningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko’rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo’jaliklar bilan aloqa o’rnatish;
3.7.15. Institut va mazkur kafedrada magistraturani bitirganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
3.7.16. Kafedra ixtisosligi bo’yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlar o’tkazish;
3.7.17. Xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
3.7.18. Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo’nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo’yicha to’garaklar tashkil qilish, talabalarni darsdan bo’sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
3.7.19. Kafedrada o’qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to’liq va sifatli o’tkazilishini ta’minlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan jihozlanishi bo’yicha tak­liflar kiritish;
3.7.20. Institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o’quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to’ldirib borish va yangilanishini doimiy o’rganib borish;
3.7.21. O’quv shakllari  bo’yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalaridagi fanlar bo’yicha belgilangan mashg’ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
3.7.22. Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalariga shuningdek, mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlikni tash­kil qilish;
3.7.23. Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish bo’yicha tadbirlar o’tkazish;
3.7.24. Kafedra fanlari bo’yicha o’quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o’quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
3.7.25. Darslik, o’quv, uslubiy va ko’rgazmali qo’llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o’quv qo’llanma va o’quv-uslubiy adabiyotlarga xulosalar tuzish;
3.7.26. Kafedra yo’nalishlari va mutaxassisliklar bo’yicha DTS, o’quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarniig ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini olib borish va takomillashtirish;
3.7.27. Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, talabalar­ning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo’yicha choralar ko’rish;
3.7.28. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iq­tidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo’lib bajarishga o’rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy shart-sharoitlar yaratish;
3.7.29. Mehnat qonunchiligida bel­gilangan boshqa majburiyatlar va xuquqlardan foydalanish;
3.7.30. Kafedra mudirining elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlarning vakillari ishtirokida o’tkaziladigan tadbirlar vazirlik tomonidan belgilangan tartibda halqaro aloqalar kengashi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyishi asosida va­zirlik orqali amalga oshiriladi;
3.7.31. Kafedra mudirining chet el xizmat safarlari chet el xizmat safarlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 5 martdagi “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to’g’risida” PQ 2142-sonli qarori hamda Vazirlar maxkamasining 1995 yil 6 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va O’zbekiston Respublikasining Diplomatik pasporti to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 8-sonli qarori va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
3.7.32. Kafedra mudirining faoliyati O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 30 mayda 159-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasasi kafedralari to’g’risida»gi Nizom asosida amalga oshiri­ladi;
3.7.33. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarori «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq, ijro intizomiga, o’quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-xuquqiy xujjatlarda qo’yilgan maqsad va vazifalarga shuningdek, o’zining xizmat vazifalariga rioya etish.

3.8. Professor, dosent, katta o’qituvchi, o’qituvchi, assistent:
3.8.1. Belgilangan tartibda institut va fakultet Ilmiy kengashlariga saylash va saylanish;
3.8.2. Institut faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qiliщda ish­tirok etish;
3.8.3. Institutning Axborot resurs markazi , o’quv va ilmiy bo’linmalarning xizmatlaridan shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo’limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
3.8.4. O’qitishning uslub va vositalarini tanlash, o’quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ish­larini amalga oshirish;
3.8.5. Institut ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;
3.8.6. Qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimlarni egallash, tanlovlarda qatnashish;
3.8.7. O’zi ishlayotgan kafedra, fakultetdan tashqari boshqa fakul’tet, ka­fedra, tashkilotlarda o’rindoshlik asosida ishlash;
3.8.8. Xorijiy hamkasblarining sohaga doir ilmiy va o’quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;
3.8.9. O’z fani bo’yicha sifatli darsliklar va o’quv qo’llanmalar tayyorlash;
3.8.10. Nazariy bilimlarini, amaldagi tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini taraqqiy ettirish;
3.8.11. Grantlar, ilmiy loyihalar, xo’jalik shartnomalarida ishtirok etish;
3.8.12. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’limga oid qonunchilikda belgilangan boshqa xuquqlarni amalga oshirish;
3.8.13. Ish beruvchining qonun, buyruq va farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida o’quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish, xususan:
a) o’quv yuklamalari hajmini, o’quv-uslubiy, ilmiy o’quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy ish reja asosida bajarish va ma’­naviy-ma’rifiy ishlarda ishtirok etish;
b) darslik, o’quv qo’llanma tayyorlash, o’quv adabiyotlar, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish;
v) tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan darsdan tashqari vaqtlarda o’tkaziladigan tadbirlarda;
d) ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan kafedra ilmiy mavzularida ish­tirok etish;
e)     o’z malakasini muntazam ravishda oshirish.
3.8.14.  Institutning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;
3.8.15.  Ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy moddiy zararni qoplash;
3.8.16.  Institut jamoatchilik ishlarida qatnashish;
3.8.17.  Pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;
3.8.18. Zamonaviy sivilizasiya va de­mokratiya sharoitida ta’lim oluvchilarning tanlagan yo’nalishi (mutaxassisligi) bo’yicha yuksak kasbiy tayyorgarlikni, mehnatga bo’l­gan qobiliyatni shakllantirish;
3.8.19. Chet tili va axborot texnologiyalari soxasida savodxonligini oshirib borish;
3.8.20. Ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish;
3.8.21. O’zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan o’rnak bo’lish;
3.8.22. Kiyinish madaniyatiga rioya etish;
3.8.23. Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro’y berayotgan yangiliklardan xabardor bo’lish;
3.8.24. Institut, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
3.8.25. O’zi o’qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;
3.8.26. Darslarni yuqori saviyada tashqil qilish va o’tish;
3.8.27. Fan yo’nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan ta­labalarni tanishtirib borish;
3.8.28. Har o’quv yili boshlangunga qadar o’zi o’qitadigan fan(lar)ning ishchi o’quv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va ka­fedra majlisida tasdiqlash;
3.8.29. Reyting nazoratlarini  o’z vaqtida o’tkazish;
3.8.30. Talabalar bilimini holisona baholash;
3.8.31. Yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo’llash;
3.8.32. Ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;
3.8.33. Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish;
3.8.34. Institutning professor-o’qituvchilari hamda boshqa mas’ul xodimlarining chet el xizmat safarlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 5 martdagi “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to’g’risida” PQ 2142-sonli qarori hamda Vazirlar maxkamasining 1995 yil 6 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va O’zbekiston Respublikasining Diplomatik pasporti to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 8-sonli qarori va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
 3.8.35. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarori «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga mu­vofiq, ijro intizomiga, o’quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-xuquqiy xujjatlarda qo’yilgan maqsad va vazifalarga shuningdek, o’zining xizmat vazifalariga rioya etish.

3.9. Ilmiy kengash kotibi:
3.9.1. Yangi o’quv yili uchun Ilmiy ken­gash ish rejasini hamda har bir Ilmiy ken­gash yig’ilishining kun tartibini tuzish (reja asosida);
3.9.2. Har bir Ilmiy kengash kun tartibida ko’riladigan masalalarni tayyorlaydigan mas’ul shaxslar bilan birgalikda ishlash hamda xujjatlarni sifatli va o’z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash;
3.9.3. Ilmiy kengash bo’lib o’tgandan keyin material va ma’ruzalarni qarorga asosan tayyorlash va qo’shimchalarni kiritish;
3.9.4. Ilmiy kengash qarorlarining si­fatli va o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
3.9.5. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevral 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida»gi Nizom talablari haqida fakultetlar va kafedralar kesimida tushuntirish ishlarini o’tkazish hamda ushbu Nizomga qat’iy rioya qilgan holda institutning kafedra mudiri, professori, do­senti, katta o’qituvchisi, o’qituvchisi (as­sistenti) lavozimlariga o’z vaqtida tanlov o’tkazilishini ta’minlash:
a) ommaviy axborot vositalari orqali vakant lavozimlarga shuningdek, tanlov muddati tugayotgan lavozimlarga kamida ikki oy ilgari tanlov e’lon qilish;
b) institut pedagog kadrlari la­vozimlariga tanlovda ishtirok etish uchun tushgan arizalarni qabul qilish;
v) nomzodlarning «Oliy ta’lim muassa­salariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida»gi Nizom asosida tegishli kafedralarda muhokamasini to’g’ri tashkil etilishi ustidan nazorat olib borish;
g) ilmiy kengashda tanlovda ishtirok etayotgan nomzodlar haqida shuningdek, kafe­draning xulosasi yuzasidan axborot berish;
d) xodimlar bo’limi bilan birgalikda vakant pedagog kadrlar lavozimlariga o’z vaqtida tanlov o’tkazilganligi