Institutning ichki tartib qoidalari: X.Bino ichidagi tartib
X. Bino ichidagi tartib.
10.1. O’quv va ma’muriy binolarining zaruriy jihozlar (mebel, o’quv uskunalari, normal tempratura, yoritilish va boshqalar) bilan ta’minlannshi uchun institut moliya-iqtisodiy ishlar bo’yicha prorektori javobgardir.
Laboratoriya va kabinetlarda o’quv jihozlarining mavjudligi va butligi uchun laboratoriya mudiri hamda moddiy javobgar shaxslar javob beradi.
Institut binosi ichida:
a) bosh kiyimda va ustki kiyimda (palto va h.k.) yurish;
b) qattiq gapirish, shovqin, dars paytida koridor bo’ylab kezish;
v) chekish;
g) spirtli ichimliklar ichish shuningdek, shu holatda bo’lish qat’iyan man etiladi.
Institutning ma’muriyati binoni qo’riqlashni, jihozlar, uskunalar va boshqa zarur narsalarning saqlanishi shuningdek, o’quv va maishiy bino ichida zarur tartibni ta’minlashga majbur.
Binoni qo’riqlash jihozlarning saqlanishi va yong’inga qarshi hamda sanitariya qoidalarini ta’minlash institut rektori buyrug’i asosida ma’muriy-xo’jalik bo’lim xodimlari tomonidan amalga oshiriladi;
10.2. Institutda yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari bilan qabul qilish quyidagi qabul vaqtlari belgilangan:
10.2.1. Institut rektori:
haftaning belgilangan kuni:
juma: soat 14:00 dan 16:00 gacha.
Institut prorektorlari va xuquqshunos maslahatchi:
haftaniig jadvalda belgilangan kunlari;
10.2.3. Fakultet dekanlari va ularning o’rinbosarlarining qabul vaqti hafta davomida belgilanadi;
10.3. O’quv binosi xonalari, laboratoriya va kabinetlarning kalitlari navbatchi- qo’riqlash xodimida saqlanadi;
10.4. Ichki tartib qoidalari yoki undan ko’chirma institutning portalida, fakultet va bo’limlarida ko’rinarli joyga osib qo’yiladi.